Mamlakatimizda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan inshootlardan samarali foydalanish, ular negizida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kichik biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Faoliyat yuritmayotgan obyektlar bazasida va kichik sanoat zonasida loyihalarni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari va mexanizmlari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda bu alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Prezidentimizning 2017-yil 23-fevraldagi "Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida bo‘sh turgan bino va inshootlarni tadbirkorlarga berish orqali undan samarali foydalanish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur hujjat asosida qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash bo‘yicha avval xususiylashtirilgan 2 ming 206 korxona va obyekt xatlovdan o‘tkazilgan. Investitsiya loyihalari doirasida 2017-2018-yillarda ularga 193,6 milliard so‘m miqdorida investitsiya jalb etish orqali 1 ming 902 yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Davlat tomonidan imtiyozli shartlar asosida "nol" qiymatda berilgan inshootlardan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar ko‘p.

– “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida bo‘sh turgan bino “nol” qiymatda berilishi bizga katta ko‘mak bo‘ldi, – deydi tadbirkor U.Ikromov. – Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bu ishni tez va oson hal etib berdi. Inshootni qayta ta’mirlab, bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

Seminarda xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida hududda erishilgan natijalar tanqidiy tahlil qilindi. Qurilishi tugallanmagan obyektlar, foydalanilmayotgan bino va inshootlar, ishlab chiqarish maydonlarini tegishli tartibda xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlashni tezlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyaga tegishli tavsiyalar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nol qiymatda berilgan inshootlardan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar ko‘p