Navoiy viloyati Uchquduq tumanida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, partiya faollari, tadbirkorlar, fermerlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirishda xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 29-sentabrdagi Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Nurota tumani hamda Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan, 2017-2019-yillarda viloyatning Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida kafolatlangan ish o‘rinlari yaratish va yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingani, ushbu tumanlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, xizmat ko‘rsatish va ekoturizm sohalarini rivojlantirish borasida rejalashtirilayotgan vazifalar muhokama qilindi.

2017-yil 1 oktabrdan 2028-yilning 1-oktabriga qadar Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanining Dehibaland, Sentob, Temirqovuq, Qizilcha, G‘um va Chuya aholi punktlari hamda Zarafshon shahrida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilgani alohida ta’kidlandi.

– Joriy yil 1-oktabrdan e’tiboran Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida ishlatilmayotgan va bo‘sh yotgan davlat ob’ektlari tadbirkorlik sub’ektlariga yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan 10 yil muddatgacha “nol” qiymatda ijaraga berilishi hamda qarorda belgilangan alohida hududlarning band bo‘lmagan aholisi hunar va boshqa kasblarga o‘rgatilishi, ularning malakasi oshirilishi tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda, – deydi Uchquduq tumani “Yagona darcha” markazi rahbari U.Xudoyqulov. – Bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘ladi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillaridan javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik tadbirkorlar barcha imtiyozlardan keng foydalanmoqda