Mamlakatimizda baliqchilik sanoatini rivojlantirish, xususan, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan oqilona foydalanish, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatida ham baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun qulay tabiiy iqlim sharoiti va yetarli suv zaxirasi mavjudligi bois ayni yo‘nalishda qator loyihalar amalga oshirilayotir.

Prezidentimizning 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori baliqchilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, tabiiy suv havzalari, sun’iy ko‘llardan samarali foydalanish, sohaning ozuqa bazasini mustahkamlash hamda tarmoq uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Viloyatda joriy yilda baliqchilik yo‘nalishida 72 loyiha-taklif ishlab chiqildi. Yangidan tashkil etilayotgan xo‘jaliklar uchun 1 ming 218 gektar tabiiy hamda 231,2 gektar sun’iy suv havzalaridan yer maydonlari ajratish belgilangan. Ayni paytga qadar 49 istiqbolli loyiha tashabbuskorlarining shaxsiy sarmoyasiga qo‘shimcha ravishda “Ipotekabank” viloyat filiali tomonidan 2 milliard 314 million so‘m kredit mablag‘i ajratilishi soha rivojiga xizmat qilmoqda. Mazkur xo‘jaliklarning to‘la quvvat bilan faoliyat ko‘rsatishi natijasida 150 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bugungi kunda viloyatda 200 dan ortiq baliqchilik xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yilda qariyb 7 ming 500 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 4 ming tonnadan ortiq baliq ovlandi. Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 2 barobar oshirish belgilangan.

– Bundan 7 yil avval faoliyat boshlaganmiz, – deydi Karmana tumanidagi “Karmana Shertosh” fermer xo‘jaligi rahbari T.Razzoqov. – 6 gektar maydonda baliq parvarishlaymiz. Xo‘jaligimizga qarashli 2 gektar yerda bug‘doy, arpa va makkajo‘xori kabi ozuqabop mahsulotlar yetishtiriladi. Joriy mavsumda 6 tonna baliq ovlashni mo‘ljallaganmiz. Ayni paytda tijorat banki sarmoyasi va shaxsiy mablag‘ evaziga baliq yetishtirishni yanada kengaytirish ustida qator loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni asrash, baliqchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Navoiy viloyatidagi 30 baliqchilik xo‘jaligi ishtirokida tender o‘tkazilib, 27 nafar tashabbuskorga ko‘l hududidan o‘rtacha 2 ming gektardan maydon ajaratildi. Bu viloyatda baliqchilik sanoatini yanada rivojlantirish, parhez mahsulotni xorijga eksport qilish imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda joriy yilda baliqchilik yo‘nalishida 72 loyiha-taklif ishlab chiqildi