“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan 18 korxonada 100 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Hududdagi korxonalar safiga yana 2 ishlab chiqarish tarmog‘i qo‘shildi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat boshlashi uchun Xitoyning “Hebei New silk Road Import and Yexport trade” kompaniyasi investitsiyasi ko‘magida “Zyong Tyang” xorijiy korxonasi hamda “Navai steklo lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga maxsus guvohnoma topshirildi.

Tadbirda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilayotgani ta’kidlandi. Kelgusida hududda “Yagona darcha” markazi tashkil etish rejalashtirilgan, bu tadbikorlarning muammolarini shu yerning o‘zida tezkor hal etishga xizmat qiladi.

– Yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilish, aholini ish bilan ta’minlash tadbikorlarning ham zimmasidagi vazifadir, – deydi “Navai steklo lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.O‘runov. – Shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatimizni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalar istiqbolli bo‘lishiga ishonaman.

Tadbirda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki viloyat filiali tomonidan Koreya Respublikasi Eksport-import bankining mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kredit liniyasi haqida ishbilarmonlarga zarur ma’lumot berildi. Mazkur xorijiy kredit sarmoyalarining afzalliklari va boshqa muhim jihatlari xususida so‘z yuritildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida korxonalar soni ikkitaga ko‘paydi