Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “Muborak TEKS” fabrikasida ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Muborak gazni qayta ishlash zavodiga qarashli fabrika zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yiliga 8 million juft paypoq ishlab chiqarishga quvvatiga ega fabrikada mahsulot ishlab chiqarish jarayoni to‘liq shu yerning o‘zida amalga oshiriladi.

– Qurilish-montaj ishlariga 12 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflanib, xorijdan keltirilgan so‘nggi rusumdagi zamonaviy uskunalar o‘rnatildi, – deydi “Muborak TEKS” fabrikasi direktori Mehmon Nurmurodov. – Avtomatlashtirilgan sexlarda ish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, fabrikamizdagi tikuv va bo‘yash sexlari boshqa korxonalar uchun ham buyurtmaga qarab tikish va bo‘yash bilan bog‘liq xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Bu korxona uchun qo‘shimcha daromad keltiradi. Fabrikamizda yillik quvvatdan kelib chiqqan holda 3 million juft ayollar va erkaklar, 3 million juft bolalar paypoqlari va 2 million juft bolalar kalgotkalari ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Eng muhimi, fabrika ishga tushirilishi bilan 198 yangi ish o‘rni yaratildi.

“Muborak TEKS” fabrikasida yiliga 8 million juft paypoq ishlab chiqariladi

Fabrikada jahon standartlariga to‘la mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan paypoqlarning 80 foizi paxta tolasidan, elastiklikni oshirish uchun qolgan qismiga sintetik tola ishlatilmoqda. Mahsulotni eksportga chiqarish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Gazlama va erkaklar ichki kiyimlari ishlab chiqarish yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha ham istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

– Muborak sanoat kasb-hunar kollejini bitirib, to‘rt tomonlama shartnoma asosida shu yerga ishga qabul qilindim, – deydi to‘quv sexi ishchisi Madina Abdullayeva. – Fabrikamizda ishchilar uchun hamma sharoit yaratilgan.

Zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilayotgan bu kabi ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimizning yengil sanoat tarmog‘ini yanada rivojlantirish bilan birga aholini ish bilan ta’minlash, tayyor mahsulot eksporti hisobidan valyuta tushumini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ