Farg‘onada viloyat mehnatkashlarining joriy yil qishloq xo‘jaligi mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan “Hosil bayrami” shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, fermerlik harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, zamonaviy innovatsion ishlanmalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni katta tantana sifatida nishonlangani ham ular mehnatiga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasidir.

14.JPG

Prezidentimiz Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farg‘ona tumanidagi “Otchopar” o‘yingohida xalq sayli sifatida tashkil etilgan bayramda dehqonu fermerlar, chorvadoru bog‘bonlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

9.JPG

Viloyat dehqonlari barakali hosil yetishtirish maqsadida yil bo‘yi samarali mehnat qildi. Xususan, viloyat mehnatkashlari tomonidan 222 ming tonnadan ziyod paxta, 315,8 ming tonna g‘alla yetishtirildi.

G‘allachilikda erishilayotgan yutuqlarga sohada alohida tizim yaratilib, ko‘p yillik boy tajribadan unumli foydalanish, urug‘chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etilgani, eng muhimi, dehqonlarimizning zahmatli mehnatlari muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

20.jpg

Joriy yilda viloyat mirishkorlari 332,5 ming tonna kartoshka, 945,9 ming tonna sabzavot, 85,6 ming tonna poliz, 502,4 ming tonna meva, 141,4 ming tonna uzum yetishtirdi. 136,3 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Viloyatni 2017 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 61 meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari amalga oshirildi. Tijorat banklari tomonidan 25,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, 860 yangi ish o‘rni yaratildi.

– Qishloq xo‘jaligi xodimlariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan minnatdormiz, – deydi Quva tumanidagi “Rohatoy” fermer xo‘jaligi rahbari A.Teshaboyev. – Paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligimizda keyingi yillarda chorva, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, sabzavot, poliz, sutni qayta ishlash sexi, meva-sabzavot saqlash muzlatkichi, issiqxona tarmoqlari ham tashkil etildi. Tarmoqlarimiz ko‘paygan sari ko‘rayotgan daromadimiz ham oshib bormoqda. Ayni paytda ushbu tarmoqlarda 200 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda.

6.jpg

Milliy xalq o‘yinlari, folklor jamoalarining chiqishlari, polvonlar bellashuvi barchada katta taassurot qoldirdi. Shahar va tumanlar o‘rtasida osh tanlovi, uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi. Taniqli san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi hosil bayrami qatnashchilariga zavqu shavq ulashdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
136,3 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi