Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 1582 xo‘jalik yurituvchi subektlar 331 milliard so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Masalan, birgina Qarshi shahridagi «Qarshi leather» O‘zbekiston-Isroil-Xitoy qo‘shma korxonasiga 805 million so‘mga yaqin soliq imtiyozlari berildi.

Ma’lumki, Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligining chorvachilik tarmog‘i ancha rivojlangan. Har yili hududda katta miqdorda go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiriladi. Shu bilan birga, charm-poyabzal sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblangan teri olinadi. Biroq ilgari hududda terini qayta ishlash borasidagi imkoniyat to‘la ishga solinmasdan qolayotgandi.

Joriy yilda Qarshi shahrida «Qarshi leather» O‘zbekiston-Isroil-Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilib, bu yerda xom teriga zamonaviy texnologiyalar asosida ishlov berish ham yo‘lga qo‘yildi.

Uch bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur loyihaga chet el investitsiyasi jalb qilinib, korxonaga xorijdan terini qayta ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi.

– Loyihaning dastlabki bosqichida yiliga 750 ming dona yirik shoxli mol terisini qayta ishlash rejalashtirilgan, – deydi korxona ijrochi direktori Farhod Panjiyev. – E’tiborlisi, korxonamizda mavjud quvvatdan to‘liq foydalanishga harakat qilinmoqda. Kuniga o‘rtacha 1200 dona teriga ishlov berilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning sifati jahon talablariga javob beradi. Shu bois, uni sotib olish istagida bo‘lgan xorijlik xaridorlarimiz ko‘p. Bu esa, eksportga keng yo‘l ochmoqda. Avvaliga 2 million AQSh dollari qiymatidagi yarim tayyor charmni Xitoy mamlakatiga jo‘natdik. Boshqa hamkorlarimiz bilan ham shartnomalar tuzganmiz. Har oyda o‘rtacha hisobda 1,5-2 million dollarlik mahsulotni eksportga jo‘natishni maqsad qilganmiz.

Korxona mutasaddilarining ma’lum qilishicha, terini qayta ishlash jarayonida ajraladigan ichki yog‘li chiqindidan unumli foydalanib, undan ikkilamchi mahsulot – maxsus yem tayyorlash bo‘yicha ham ish olib borilmoqda.

Ushbu taklif chet ellik investorlar tomonidan ham ma’qullagan. Bu mahsulotni sotib olishga Amerika va Yevropa mamlakatlari ishbilarmonlari talabgor bo‘lib chiqqan. Korxona rahbariyati shularni e’tiborga olib, maxsus yem ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan.

Aytish joizki, umumiy qiymati 9 million AQSh dollariga baholangan mazkur loyihaning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangach, korxonada 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Loyihaga ko‘ra, keyingi bosqichda charmni bo‘yashni tashkil etish, oxirgi bosqichda esa, tayyor mahsulot – charm poyabzal va attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish belgilangan. Natijada, qo‘shimcha yana 150 nafar kishining bandligini ta’minlashga erishiladi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
331 milliard so‘mlik soliq imtiyozi berildi