Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 22-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Nukus shahar "Kommunal issiqlik markazi" davlat unitar korxonasi jamoasi ham mavsumni puxta taraddud bilan boshladi.

– Korxonamiz tasarrufidagi 26 ko‘p qavatli uy hamda 25 korxona va tashkilotga issiqlik yetkazib beruvchi tarmoqlarning barchasi nazoratdan o‘tkazilib, kamchilik va nuqsonlar bartaraf etildi, – deydi korxona rahbari vazifasini bajaruvchi Nurg‘aliy Bo‘kseboyev. – Qishning sovuq kunlarida sodir bo‘ladigan avariya holatlarining oldini olish, issiqlik energiyasining isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aniq reja ishlab chiqildi. Qozonxonalarda ishlovchi operatorlarga texnika hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quvlar tashkil qilindi. Korxonaning moddiy-texnik bazasi 2 maxsus “ISUZU” avtomashinasi, 1 "UAZ" mashinasi hamda ko‘chma elektr payvandlash uskunasi bilan yanada mustahkamlandi.

"Kommunal issiqlik markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan qozonlar, qozonxonalar va issiqlik yetkazib beruvchi quvurlar mavsumga shay holga keltirildi. 4 qozonxonada ta’mirlash ishlari olib borilib, kattalari o‘rniga energiya tejovchi ixcham dvigatellar, gazni kam sarflaydigan qozonlar, suvni tozalovchi magnitli uskunalar o‘rnatildi. Natijada issiqlik energiyasining tannarxi pasayishiga erishildi. Bu esa mijozlarga manzur bo‘lmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumga puxta hozirlik ko‘rildi