Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi “Qo‘shtepa ipak gilamlari” O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi mahsulotlari qisqa fursat ichida ichki va tashqi bozorda o‘z xaridorini topdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasida xususiy sektorning ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, eksport hajmini oshirishdagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda. “Qo‘shtepa ipak gilamlari” O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi ana shunday sub’ektlardan biridir.

7.JPG

O‘tgan yili ish boshlagan qo‘shma korxonada 1 milliard 800 million so‘mlikdan ziyod qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarilib, adras, atlas, ipak gilamlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxona mahsulotlari pishiqligi, o‘ziga xos dizayni va jilosi bilan har qanday xaridorni maftun etadi.

Darhaqiqat, bugungi kunda mazkur korxonada ipakdan to‘qilayotgan sifatli gilam hamda adras mahsulotlari xorijda ham mashhur. Milliy hunarmandlik an’analarini o‘zida mujassam etgan hamda zamonaviy dastgohlarda tayyorlanayotgan “Marmar”, “Zaytun”, “Quyosh”, “Ko‘ngil og‘ochi”, “Etti tog‘ chechagi”, “Osmon gumbazi” nusxali gilamlar eksport qilinmoqda. Adrasning ikki yuzdan ortiq turi ishlab chiqarilmoqda.

6.JPG

– Milliy hunarmandlik mahsulotlarimiz o‘zining betakrorligi va yuqori sifati bilan dunyoda dovrug‘ qozongan, – deydi qo‘shma korxona rahbari Ismoiljon Ashuraliyev. – Ayniqsa, adraslar, milliy matolar va ipakdan to‘qilgan gilamlarga qiziqish katta. Korxonamizda ushbu hunarni zamonaviy asosda rivojlantirish bilan birga milliy hunarmandlikning noyob an’analarini tiklash, yangi mahsulot turlarini yaratishga harakat qilmoqdamiz.

Ayni kunda qo‘shma korxonada 200 dan ziyod xotin-qiz mehnat qilmoqda. Yaqinda Qirg‘iziston va Tojikistonda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham namoyish etildi va eksportni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Marmar”, “Zaytun”, “Quyosh”, “Ko‘ngil og‘ochi”, “Etti tog‘ chechagi”, “Osmon gumbazi” nusxali gilamlar eksport qilinmoqda