Shu yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.Qo‘chqorov ma’ruza qildi.

Deputatlar ta’kidladilarki, mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilayotgan maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlarni, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g‘ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek, ularni jalb etish hisobiga byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.

Deputatlar o‘z e’tiborini Harakatlar strategiyasiga muvofiq joriy yilda boshlangan keng miqyosli islohotlar qo‘shimcha moliyaviy resurslarni talab qilishiga, shu munosabat bilan byudjetning daromad qismini kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha doimiy ravishda ish olib borilayotganligiga qaratdilar.

Davlatimiz iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlari, shu jumladan, yo‘llar qurilishi, suv ta’minoti bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish hamda o‘z yechimini talab qilayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, majlis davomida deputatlar byudjetni kelgusi yil uchun rejalashtirish jarayoniga joriy etilayotgan innovatsiya usullarini yuqori baholadilar.

Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e’tirof etilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi ko‘rsatib o‘tildi. 2018-yilda YaIM 290,6 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetini YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi.

Shu bilan birga, 2018-yilgi soliq siyosatining xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjetlar daromadini oshirishni nazarda tutuvchi asosiy yo‘nalishlari belgilanganligi alohida e’tirof etildi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif etildi. Shuningdek, bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bo‘lgan soliqlar va to‘lovlarni birlashtirish yo‘li bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.

Ta’kidlandiki, hududlar xususiyatlari va faoliyat ko‘rsatish joyi hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliqlar bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan kamaytiruvchi va ko‘paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqining berilishi ularning mustaqilligi va mas’uliyatini oshiradi.

Prognoz ko‘rsatkichlar 2018-yilda ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trillion so‘mni tashkil etadi.

Shu jihatdan olganda, ta’kidlab o‘tildiki, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishda bevosita ishtirok etadi, shu jumladan, qonunchilik bazasini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu sohaga ajratilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi jarayonlari ustidan quyi palata tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda. 2018-yilda mazkur sohaga 9,6 trillion so‘m ajratiladi, bu joriy yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 30,9 foiz ko‘pdir. Bu, o‘z navbatida, sog‘liqni saqlash va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar doirasidagi barcha tadbirlar moliyalashtirilishini ta’minlash imkonini beradi. Deputatlarning fikriga ko‘ra, sog‘liqni saqlash muassasalarini, avvalo oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlash xarajatlari ko‘paytirilishi kutilayotgani ham muhimdir. Ushbu maqsadlar uchun byudjet xarajatlari 2018-yilda 2,5 baravar ko‘paytiriladi. Bundan tashqari, Davlat dasturiga va mamlakatimiz rahbarining mintaqalarga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga muvofiq tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash uchun 753,6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratish nazarda tutilmoqda.

Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil parkini yangilash, respublika va hududiy muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining ma’lumotlarini yagona uzatish tarmog‘iga birlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qo‘llab-quvvatladilar. Ana shu maqsadlar uchun 141 milliard so‘m ajratish rejalashtirilmoqda.

Shu jihatdan olganda, sog‘liqni saqlash sohasi byudjet xarajatlar qismining ustuvor moddalaridan biri hisoblanadi va bu to‘la mantiqiydir. Zero, deputatlar ta’kidlaganlaridek, aholi sog‘lig‘i hamma narsadan muhimdir.

Shu bilan birga, moliyaviy qoida buzilishlariga yo‘l qo‘yilmasligiga, ijro intizomini va byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlikni oshirishga birinchi darajali e’tibor qaratish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu sababli byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda ta’sirchan jamoatchilik va parlament nazoratini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjetlarning daromad manbai mustahkamlanishi va ularning mustaqilligi izchil oshirib borilishini hisobga olgan holda mahalliy vakillik organlari vakolat va imkoniyatlaridan oqilona foydalanilishi va byudjetga tushumlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash ishiga faol qo‘shilishlari kerak. Bu borada mamlakat parlamenti xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlar korpusiga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Muhokamalar yakunlari bo‘yicha deputatlarni qiziqtiruvchi barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqdi.

Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining so‘zga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjati deputatlar diqqat markazida