O‘zA O`zbek

05.07.2019 12:53 Chop etish versiyasi

Mamlakatimiz delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi

Mamlakatimiz delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yilning 7 iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibida ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkek shahriga tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

O‘zA
939