Mahalliy xomashyodan sifatli mahsulot
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «EVRO BETON» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 35 xil temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «EVRO BETON» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 35 xil temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi.Qariyb 170 ishchi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlaridan asosan hududda barpo etilayotgan zamonaviy turarjoylar qurilishida foydalanilmoqda. Korxona rahbari Bahodir Allaniyozovning ta’kidlashicha, sement, armatura singari zarur xomashyolar yurtimizdadagi yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan keltirilmoqda. Bu esa mahsulot tannarxi maqbulligini ta’minlayotir.