Lalmi dehqonchilik agrotexnikasi bo‘yicha taniqli mutaxassis bo‘lgan olimning quvonchi bejiz emas. Yetmish yillik umrining qariyb ellik yilini shu ilmiy dargohda lalmi yerlarda dehqonchilik agrotexnikasini o‘rganish, dehqonning ishini yengillatish, ilmni hayotga joriy etishga sarflab kelayotgan olim quvonadi-da albatta.

Prezidentimizning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda “Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik institutini tashkil etishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda”, degan fikrlari ilmiy jamoatchilik, ayniqsa, g‘allakorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

– Davlatimiz rahbarining ma’ruzasini eshitdingizmi? – dedi televizorda tantanali yig‘ilish haqidagi ko‘rsatuv tugashi bilan qo‘ng‘iroq qilgan g‘allachilik bo‘yicha taniqli olimlardan biri, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Hasan Yusupov. – Hayajonimni bosolmayapman. Bir asrdan ziyod tarixga ega stansiyamiz negizida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilarkan. Bu bizning jamoamiz ko‘p yillardan buyon kutayotgan yangilik bo‘ldi. Iltimos, bu haqda saytlaringizda yozsangiz.

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyatini dastlab 1913-yilda boshlagan. So‘ngra sobiq Butunittifoq qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining G‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti sifatida faoliyat yuritib keldi. Yurtimizning lalmi yerlarida boshoqli, dukkakli va boshqa ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasini ilmiy asosda o‘rganishga dastlabki poydevor ushbu muassasada qo‘yilgan, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Muassasaning bir asrdan ortiq ilmiy faoliyati davomida 20 ga yaqin qishloq xo‘jaligi ekinlarining 250 dan ziyod serhosil navlari yaratildi. Bugun ham lalmi yerlar uchun serhosil ekin navlari yaratish, tuproqda nam to‘plash, saqlash va undan tejamli foydalanishga imkon beradigan agrotexnika tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishga salmoqli ulush qo‘shib kelayotir. Tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qiladigan agrotexnologik ishlanmalar tizimi, kasallik va zararkunandalarga, begona o‘tlarga qarshi kurashishning ko‘plab ilmiy usullari shu yerda yaratilgan.

Ilmiy muassasaning lalmikor dehqonchilikda tutgan o‘rni va faoliyatida turli davrlarda yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olinsa, keksa olimning “bu kunni uzoq yillardan buyon kutayotgan edik”, degan hayajonini tushunish qiyin emas. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 25 avgustdagi qarori bilan Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgach, musassasa ushbu institutning ilmiy-ishlab chiqarish stansiyasiga aylantirilganda ham bundan kam hayajonlanmagan edi.

O‘tgan yillarda muassasa maqomining bir necha bor o‘zgartirilishi ilmiy ishlar ko‘lamiga ham ta’sir etmay qolmadi. Ammo ilmiy jamoa, jumladan, Hasan Yusupov kabi fidoyi olimlar ishlashdan, izlanishdan to‘xtagani yo‘q. Fermer xo‘jaliklari uchun tuproq-iqlim sharoitiga mos ertapishar, serhosil, yuqori sifatli navlar yaratish, almashlab ekish tizimi, resurstejamkor agrotexnologiyalarni takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, uni shamol va suv eroziyasidan saqlash muammolarini hal qilish ustida ilmiy-amaliy ishlar davom ettirildi.

Keyingi yillarda stansiya olimlari tomonidan yumshoq bug‘doyning “Istiqlol-6”, “Istiqlol-20”, “Semurg‘”, “Sa’d-2010”, qattiq bug‘doyning “Istiqlol-5”, “Olmos-2011”, arpaning “Do‘stlik-2011”, “Bahorikor”, “Abu G‘ofur-20”, tritikalening “Do‘stlik-4”, no‘xatning “Mustaqillik-20”, xashaki no‘xatning “O‘zbekiston-2011” kabi o‘nlab serhosil navlari yaratildi. Boshoqli don ekinlarining 34, dukkakli ekinlarning 10, moyli va poliz ekinlarining 4 yangi navi sinovdan o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan grant asosida 6 amaliy va 3 innovatsiya loyihasi ustida ilmiy izlanishlar olib borilayotir.

Tajriba stansiyasiga aylantirilgach, muassasaning moliyaviy, fundamental tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, ilmiy muassasalar bilan mavjud aloqalar saqlab qolindi. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilib kelinmoqda.

– Lalmikor dehqonchilik instituti tashkil etilishi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga, sohaga zamonaviy fan va innovatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishga katta imkoniyatlar yaratadi, – deydi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi R.Siddiqov. – Bugun mamlakatimizning lalmikor hududlarida dehqonchilik qilayotgan fermerlarga ilmiy tavsiya va ishlanmalar juda ham zarur. Chunki, mamlakatimiz oziq-ovqat dasturi bajarilishini ta’minlashda lalmikor mintaqalarning alohida o‘rni bor. Ayniqsa, don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamli, serhosil navlarini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib turgan hozirgi zamonda sohaga ilmiy yondashuvni kuchaytirish o‘ta muhim vazifa. Bu vazifani bajarish uchun mamlakatimizga keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega alohida institut juda zarur edi.

Ilmiy izlanishlar samarasidan avvalo lalmi yerlarda dehqonchilik qilayotgan fermer bahramand bo‘ladi. Hozir ham bu ilmiy muassasa bilan yaqin hamkorlik qilib, qiyin iqlim sharoitiga qaramay g‘alladan barqaror yuqori hosil olayotgan fermerlar ko‘p. G‘allaorol tumanidagi «Yomboshtut» fermer xo‘jaligi bunga misol.

– Lalmi yerning o‘ziga xos jihatlari hisobga olinib, hududimizda fermerlik suvli yerlarga qaraganda keyinroq yo‘lga qo‘yilgan, – deydi tajribali g‘allakor, mehnat faxriysi Asad Ubaydullayev. – 1998-yilda “Yomboshtut” fermer xo‘jaligini tashkil etilgandan buyon ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilamiz. Ammo keyingi yillarda lalmikor g‘allachilik bilan shug‘ullanadigan olimlar o‘zlari yordamga muhtoj bo‘lib, lalmikor adirlarda dehqonchilik qilayotgan fermerning oldiga o‘z vaqtida kelolmay qolgandi. Shuning uchun Prezidentimiz ma’ruzasida Lalmikor dehqonchilik instituti tashkil etilishini eshitib, beixtiyor qarsak chalib yubordim. Elimiz farovonligi yo‘lida juda katta qadam bu.

Dunyoning ko‘plab mintaqalarida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, ayniqsa, g‘alla yetishtirish jiddiy muammo bo‘layotgan hozirgi davrda davlatimizning sohani rivojlantirishdagi tajribasi xalqaro ilmiy hamjamiyatning ham e’tiborini tortmoqda. CIMMYT, ISARDA xalqaro ilmiy markazlari 15 yildan buyon O‘zbekistonning g‘allachilik ilmiy tadqiqot muassasalari, jumladan, G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotir.

Xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdek ezgu maqsadda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida yangi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi lalmikor g‘allachilikka ilmiy yondashuvni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Bu xabardan ilmiy jamoatchilik, g‘allakor dehqonlar quvonchining boisi ham shu.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lalmikor dehqonchilik instituti tashkil etishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda