Qaror ijrosi nega ta’minlanmayapti?

Qaror ijrosi nega ta’minlanmayapti?
(ikkinchi maqola)

www.uza.uz saytida e’lon qilingan “Kichik sanoat zonalarida Prezident qarorlari ijrosi ta’minlanganmi?” maqolasida Toshkent shahrida tashkil qilingan kichik sanoat zonalarining maqsad va vazifalari, ularda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida so‘z yuritgan edik. Shuningdek, Bektemir kichik sanoat zonasida Prezident qarorlari ijrosi to‘liq ta’minlanmagani, ayrim tadbirkorlar imtiyozli kredit olish uchun oylab sarson bo‘layotgani haqida ma’lumot bergandik.

Quyida Bektemir kichik sanoat zonasi faoliyati, tadbirkorlarning O‘zA muxbiriga bergan intervyusini e’lon qilamiz.

Tadbirkorlik hududining umumiy maydoni 5 gektar. Shundan 29 ming kvadrat metr maydonda ishlab chiqarish binolari joylashgan.

– 14 tadbirkorga ishlab chiqarish maydoni ajratilgan. Hozirgi kunda 5 tadbirkor o‘z faoliyatini boshlagan. Qolgan 9 tadbirkorimiz o‘ziga ajratilgan binoda ta’mirlash ishlarini tugatib, uskunalar xarid qilish, ularni olib kelib, o‘rnatish bilan mashg‘ul, – deydi "Bektemir kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi" rahbari Mahammadjon Aliyev. – 8 tadbirkorning imtiyozli kredit olishga ehtiyoji bor. Bu haqda tegishli tashkilotlarga murojaat bilan chiqdik. Haligacha kredit ajratilgani yo‘q. Agar belgilangan tartibda imtiyozli kredit ajratilsa, ular uskunalar xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi va ish faoliyatini tezroq boshlaydi.

Faoliyatini boshlagan 5 tadbirkorlik subyekti bugun qurilish materiallari, maishiy texnika, mebellar ishlab chiqarmoqda.

Qolgan 9 tadbirkorda qanday muammo mavjud? Ularning ayrimlari bilan suhbatlashdik.

– Bizga ajratilgan binoda rekonstruksiya ishlarini tugatdik. Bu yerda jinsi matosidan tayyor kiyim-kechaklar tikib, asosiy qismini eksportga chiqarmoqchimiz. Buning uchun bizga bank krediti juda zarur bo‘lib turibdi, – deydi "ARK BIZNES INVEST" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Shuhrat Usmonov. – Shu masalada 2017 yilning noyabr oyidan buyon harakatdamiz. Direksiya orqali ham, o‘zimiz ham tegishli bankka, shahar hokimiyatiga murojaat bilan chiqdik. Xalq bankining Toshkent shahar Bektemir filialidan xatimizga kelgan javobda kichik sanoat zonasi tadbirkorlari loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari jalb etilayotgani yozilgan. Xalq banki tomonidan mazkur jamg‘armaga talabnoma yuborilgan. Haligacha unda ko‘rsatilgan mablag‘ kelib tushmagan. Bu talabnoma asosida mablag‘lar shakllanganidan so‘ng imtiyozli foiz stavkasi va asosiy qarzni qaytarish uchun imtiyozli davr muddati ma’lum qilinar ekan. Biz – tadbirkorlar uchun esa har kun g‘animat.

Tadbirkor Sh.Usmanov loyihasi bilan tanishdik. Qiymati 1 million 400 ming AQSh dollarilik loyiha anchagina salmoqli va istiqbolli. Tadbirkor 1 yilda o‘rtacha 550 ming dona tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi. 95 yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihani 2018-yilning 2-choragida ishga tushirishni rejalashtirgan. Buning uchun o‘z sarmoyasi hisobidan ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, Turkiya va Xitoydan zarur uskunalar xarid qilish uchun shartnomalar tuzilgan. Zamonaviy uskunalarning bir qismi yetib kelish arafasida. Ammo mazkur uskunalar uchun butlovchi qismlar, ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida yangi texnologiyalarni jalb etish zarur. Buning uchun tadbirkor 640 ming AQSh dollari qiymatida bankning imtiyozli kreditiga ehtiyoj sezmoqda.

Bugun ko‘rgazmali muzlatgichlar ishlab chiqarishni qisman boshlab yuborgan "Grifon servis" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham kredit muammosi bor.

– O‘n nafar xodimimiz bilan buyurtma asosida ko‘rgazmali muzlatgichlar ishlab chiqarayapmiz, – deydi MChJ rahbari Shuhrat To‘lqinov. – Mahsulotlarimizga ehtiyoj ortib bormoqda. Faoliyatimizni yanada kengaytirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun katta hajmdagi muzlatgichlar ham ishlab chiqarishni maqsad qilganmiz. Rejamiz amalga oshsa yana 40 yangi ish o‘rni yaratamiz. Zamonaviy uskunalar xarid qilishimiz kerak. Albatta, buning uchun imtiyozli bank krediti zarur bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, 2017-yilda Prezidentimizning kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularda tadbirkorlarga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratish maqsadida 18-may, 17-avgust va 25-oktabrda 3 ta qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda tadbirkorlarga kredit ajratish bilan bog‘liq jihatlar alohida e’tiborga olingan.

Bir necha oylardan buyon Prezident qarorlari ijrosini kutib, kredit ololmasdan sarson bo‘lib yurgan tadbirkorlar muammosi qachon hal bo‘ladi? Bu haqda mutasaddi tashkilotlardan, xususan, Bektemir kichik sanoat zonasiga biriktirilgan AT Xalq banki Toshkent shahar Bektemir filiali va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan tadbirkorlar javob kutmoqda. Biz esa navbatdagi maqolamizda bu haqda ma’lum qilamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit deb sarson bo‘layotgan tadbirkorlar