Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.07.2018 13:52 Chop etish versiyasi

Korxona salohiyati yuksalmoqda

Korxona salohiyati yuksalmoqda
Navoiy shahridagi “Qizilqum polipropilen” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “MIR TEX” tayyor trikotaj matolari ishlab chiqaruvchi tikuv sexida 125 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

Korxonada buyurtma asosida erkaklar, ayollar va bolalar ust-boshlari hamda sport kiyimlari tikilmoqda.

5.jpg

Bugungi kunda korxonaning tayyor trikotaj kiyim-kechaklari xorijda ham xaridorgir. Ayni paytda sexda oyiga 50-60 mingtagacha kiyim-kechak ishlab chiqariladi. Ularning eksporti ishning sifatli bo‘lishini taqozo etib, mutaxassislar tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirish jarayoniga alohida e’tibor qaratmoqda.

Siroj Aslonov (surat) O‘zA
2 706