Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 17:54 Chop etish versiyasi

Korxona ishchilari — kollej bitiruvchilari

Korxona ishchilari — kollej bitiruvchilari Samarqand shahridagi «Asl nafis» mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 1 million dona 30-35 turdagi chinni mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

To‘rt yuzdan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida joriy yilda yana bir sexni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ayni maqsadda qiymati 2 million AQSh dollariga teng zamonaviy uskuna va 80 metrlik yuqori haroratli pech keltirib o‘rnatildi.

—Sex ishga tushgach, korxonada yiliga 60 ming dona santexnika mahsulotlari (rakovina va unitaz) ishlab chiqariladi, — deydi korxona direktori o‘rinbosari Shoyim Hamdamov. — Eng muhimi, 40 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Korxonada kasb-hunar kollejlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Buni ishchilarning yuz nafarga yaqini kollej bitiruvchilari ekani ham isbotlaydi. Bog‘ishamol sanoat, Samarqand san’at hamda Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari shu yerda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash bilan birga, o‘z ish o‘rinlariga ham ega bo‘lmoqda. Tashkil etiladigan yangi ishlab chiqarish sexi ishchilari ham asosan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bo‘ladi.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
702






Все о погоде - Pogoda.uz