Toshkentdagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida Yevropa Menejment va texnologiyalar maktabi (Germaniya) bilan hamkorlikda aksiyadorlik jamiyati va kompaniyalari menejerlari uchun korporativ boshqaruvning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan qo‘shma o‘quv kurslarining dastlabki bosqichi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston va Germaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga ko‘ra, tinglovchilar turli korporativ boshqaruv usullarining ishlash prinsiplari bilan tanishtiriladi, korporativ boshqaruvning bugungi holati va uni yanada takomillashtirish masalasini o‘rganishga yordam beradigan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Tinglovchilar aksiyadorlik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv kodeksini joriy qilish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini baholash va aksiyadorlik jamiyatlarini nazorat qilish tizimlarini integratsiyalashtirish bo‘yicha bilimini boyitadi.

O‘quv kurslarida aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobdorlik standartlarini joriy qilish, korporativ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni sotishni o‘rganish, jamiyatning zayomlar va qarz kapitali bozorida ishtirokini kengaytirishga alohida o‘rin ajratilgan.

Birinchi bosqich kurslaridan so‘ng rejalashtirilgan test sinovlarida yaxshi natija ko‘rsatgan 48 tinglovchi Germaniya iqtisodiyotining turli sohalarida yetakchi bo‘lgan «Commerzbank», «T-Labs», «McKinsey & Company», «Berlin Chemie» va «SAP» kompaniyalarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Korporativ boshqaruv va menejmentning zamonaviy usullari joriy etilgan ushbu kompaniyalarda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun boshqaruv va nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi, bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, menejment tuzilmasi va uning samaradorligini baholashga taalluqli masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Berlindagi Yevropa menejment va texnologiyalar maktabida ishtirokchilar uchun biznesni modellashtirish va samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash, korxonani rivojlantirish strategiyasini belgilash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Qo‘shma o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi shu yilning 7-14-sentabr kunlari Germaniyada o‘tkaziladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari