Prezidentimiz joriy yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida qator bunyodkorlik ishlari, jumladan, ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

Buxoro viloyati Kogon tumanida maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash zavodining dastlabki saralash korxonasi ish boshladi.

Korxonaga tumandagi foydalanilmay yotgan bo‘sh bino va inshootlar investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” qiymatda berildi. Shartnomaga ko‘ra, 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, yordamchi binolar ta’mirlandi, 5,5 milliard so‘mlik investitsiya kiritilib, zavodning asosiy ishlab chiqarish binolari qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki viloyat filiali tomonidan ajratilgan 970 ming dollar miqdoridagi kredit hisobiga loyihaning birinchi bosqichi nihoyasiga yetkazildi. Bu yerda Xitoyda ishlab chiqarilgan chiqindilarni saralash liniyasi o‘rnatildi.

9.jpg

– Zavodimizning chiqindilarni saralash korxonasida konveyer asosida dastlab og‘ir jismlar – metall, tosh va shisha, so‘ngra yaroqsiz rezina va avtoshinalar, yog‘och-taxta bo‘laklari, qipiqlari, shox-shabba va xazon, makulatura, qurilish chiqindilari, plastmassa idishlar, yaroqsiz va qiyqim matolar saralanadi, – deydi sex boshlig‘i Eson Latipov. – Liniya bir kecha-kunduzda 450 tonnagacha chiqindini qabul qilish quvvatiga ega. Barcha jarayonlar to‘liq va yarim to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Loyiha asosida 40 ish o‘rni yaratildi.

Loyihaning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik ahamiyati katta. U Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlarida hosil bo‘ladigan turli maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali mazkur hududlardagi atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Korxonaning 50 dan ziyod yuk transporti, shuningdek, yuklagich ekskavatorlari va boshqa texnika vositalaridan iborat transport bo‘linmasi bor.

Ayni paytda korxonada loyihaning ikkinchi navbatini ishga tushirish ishlari jadal davom etmoqda. Bu yerda Prezidentimizning joriy yil 21-apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida chiqindilarni qayta ishlash liniyasi barpo etilmoqda.

2 (2).jpg

– Loyihamizning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki viloyat filiali tomonidan 3 million 920 ming dollar miqdorida ajratilgan kreditga xorijdan bosqichma-bosqich zamonaviy qayta ishlash texnologik uskunalari keltirib o‘rnatilmoqda, – deydi “Aholitrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Suhrob Kenjayev. – Montaj va sozlash ishlari yakunlanmoqda. Chiqindilardan isitish qozonxonalarida foydalaniladigan muqobil piroliz yoqilg‘isi, briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, pishgan g‘isht, biogumus va boshqa mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yana 300 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kogon tumanida chiqindilarni saralash korxonasi ish boshladi