O‘zA O`zbek

09.10.2008 10:01 Chop etish versiyasi

Ko‘chma savdo do‘konlari

Mamlakatimiz dalalarida mehnat qilayotgan paxtakorlarga sifatli tibbiy, madaniy va savdo xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Andijon viloyati “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan dala mehnatkashlariga savdo xizmati ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotir. Ayni paytga qadar zarur miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilib, mahsulotlar paxtakorlarga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda. Paxta maydonlarida savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Yetmishta ko‘chma savdo do‘koni terimchilarga namunali xizmat ko‘rsatayotir.

– Savdo xizmatini har tomonlama yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz, – deydi viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi Qahramon Majidov. – Bu borada ishlab chiqilgan aniq tadbirlar rejasiga ko‘ra joylarda umumiy ovqatlanish ishlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va non mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahrixon, Izboskan, Ulug‘nor tumanlarida ham paxtakor va hasharchilarga savdo xizmati ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.


O‘zA, M.Sulaymonov
2 715