Toshkent davlat agrar universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari – agrosanoat kompleksinining harakatlantiruvchi kuchi» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi vakillari, olimlar, ekspertlar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi T.Eshnazarov va boshqalar mamlakatimizda fermerlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida mulk egalari qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish bilan birga, uni qayta ishlash, eksport qilish imkoniga ega bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

– Yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va eksport qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar bugun o‘z natijasini bermoqda, – deydi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi Rustam Qobilov. – Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-iyundagi «Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ham mazkur sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Qaror bilan 2017-yil 1-iyuldan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlariga ho‘l meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari to‘lovini oldindan 100 foiz amalga oshirish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilish huquqi berildi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmining yanada ko‘payishiga xizmat qiladi.

Tadbirda mamlakatimizda ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat va moyli ekinlar, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Ushbu tadbirlarni bajarilishi o‘zlashtirilishi past ekin maydonlarida paxta, g‘alla yetishtirishdan ko‘riladigan zararni 80 milliard so‘mga qisqartirish, qo‘shimcha 1 million tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport xajmini ikki barobarga oshirish bilan birgalikda hududlarda 48,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilish imkonini beradi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish, unda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilishi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari salohiyati oshmoqda