Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy chashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati baliqchilik sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Jamiyatning 137 gektar maydondagi sun’iy suv havzasida do‘ngpeshona, sazan, oq amur va boshqa turdagi baliq parvarishi yo‘lga qo‘yilgan. 15 ishchining doimiy bandligi ta’minlangan.

– Mavsum boshida tasarrufimizdagi sun’iy ko‘llarga 300 ming baliq chavog‘i tashlandi, – deydi jamiyat rahbari G‘ayrat Rajabov. – Bugungi kunda parvarishdagi baliqlarning o‘rtacha vazni 2-2,5 kilogrammga yetdi. Joriy yilda 120 tonnadan ziyod baliq yetishtirishni mo‘ljallamoqdamiz.

Kelgusida xo‘jalik qoshida baliqni qayta ishlash sexi tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha amalga oshgach, yana 10 ish o‘rni yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘ldagi xazina