Toshkent shahrida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan 8 kichik sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda. Bular: Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Mirobod, Chilonzor, Bektemir, Yakkasaroy, Yunusobod va Sergeli kichik sanoat zonalari.

Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad nima edi? Bugungi faoliyati qanday, ko‘zlangan maqsadga erishilayaptimi? Kichik sanoat zonalarida Prezident qarorlari ijrosi ta’minlanmoqdami yoki yo‘q?

O‘zA muxbiri bu savollarga Bektemir kichik sanoat zonasi faoliyati misolida javob izladi.

* * *           

Toshkent shahri tumanlarida yirik korxonalarning foydalanilmay turgan, qarovsiz yoki samarasiz ishlab turgan binolari negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Maqsad o‘ziga xos imkoniyat va imtiyozlar maydoni bo‘lgan hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga sharoit yaratish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish edi.

Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar mavjud. Bular nimalarda namoyon bo‘ladi?

2.JPG

Prezidentimizning 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga berilishi, bunda imtiyozli stavkalar qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, tadbirkor ijaraga olgan maydonda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasini to‘laydi. “Bektemir kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasidan ma’lum qilinishicha, tadbirkorlar 1 kvadrat metr ishlab chiqarish maydoni uchun 1 yilda 4 ming 600 so‘m to‘laydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, KSZdan tashqarida bu narx 3-4 barobar qimmat.

Kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining vakolatxonasi, “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, mini-banklar xizmat ko‘rsatmoqda.

4.JPG

Shuningdek, KSZda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mulk va foyda, yagona soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Bu imtiyoz KSZ ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan eng kam ish haqining 3 ming baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritilgandagina taqdim etiladi.

KSZ ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun eng muhim yana bir qulaylik bank xizmatlari ko‘rsatish va imtiyozli kreditlar ajratishdir.

17.JPG

Tijorat banklariga kichik sanoat zonasi ishtirokchi-tashkilotlari uchun loyihaning o‘zini o‘zi qoplanishiga qarab, jumladan, imtiyozli davrni hisobga olgan holda, uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi KSZ hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini ta’minlash nazarda tutilgan. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalariga biriktirilgan tijorat banklari rahbarlari zimmasiga esa bu hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘z vaqtida va to‘la hajmda moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.

Bu borada Bektemir kichik sanoat zonasida Prezident qarorlari ijrosi to‘liq ta’minlanmagan. Ya’ni, ayrim tadbirkorlar imtiyozli kredit olish uchun oylab sarson bo‘lmoqda. Natija esa “nol”ga teng. Navbatdagi maqolamizda Bektemir KSZ ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlarning kredit olishda duch kelayotgan muammolari haqida hikoya qilamiz. Ularning bizga bergan intervyusi, AT Xalq banki Toshkent shahar Bektemir filialining tadbirkorga javobi va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar ko‘rsatmalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik sanoat zonalarida Prezident qarorlari ijrosi ta’minlanganmi?