Dunyo sanoat xaritasiga teranroq nazar tashlasak, zamonaviy texnologiyalar asosiga qurilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari rivojlangan hududlar taraqqiyot tizginining haqiqiy egalari bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz.

Dunyo sanoat xaritasiga teranroq nazar tashlasak, zamonaviy texnologiyalar asosiga qurilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari rivojlangan hududlar taraqqiyot tizginining haqiqiy egalari bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz. Eng ajablanarlisi, bunday joylarda odatda tabiiy boyliklar tanqis bo‘lishiga qaramay odamlarning turmush farovonligi hatto mineral resurslarga boy o‘lkalarning ham havasini uyg‘otadi. Qolaversa, arzon xomashyoni qimmatbaho tugal mahsulotga aylantirish orqali ular insoniyat tamaddunida innovatsion faoliyatni, iqtisodiyotda yangi tarmoqlar paydo bo‘lishini, jamiyatda farovonlik hamda ilmtalablikni rag‘batlantiradi.

Bunday tarmoqlarning rivojlanishini kim ham istamaydi deysiz?! Lekin taraqqiyotning bu shakli amalga joriy etilishi, avvalo, qulay muhit, uzoqni ko‘zlagan strategiya va har qanday qiyinchiliklarga qaramay tanlagan yo‘ldan og‘ishmaslikni talab qiladigan murakkab jarayon ekanini ham unutmaslik zarur.

O‘tgan asrning 90-yillarida biz sanoatning bu kabi tarmoqlari haqida shunday dadil va aniq fikr yurita olarmidik?! Shak-shubhasiz, yo‘q! Chunki o‘z ko‘zing bilan ko‘rmagan, qo‘ling bilan ushlamagan narsalar to‘g‘risida ravon gapirib bo‘ladimi?! 1996-yilda Andijonning Asakasida Janubiy Koreyaning «Daewoo» kompaniyasi bilan hamkorlikda mutlaqo yangi texnologiyalarga asoslangan avtomobil zavodi konveyyerlaridan birinchi avtomobilning chiqishi bir tomondan mamlakatimiz sanoatini chuqur tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarning amaldagi tasdig‘iga aylangan bo‘lsa, boshqa tomondan ishlab chiqarish haqidagi tasavvurlarimizni butkul o‘zgartirib yubordi.

Xolisona aytganda, sanoatning sinoatlari qanchalik ko‘pligini mustaqillik yillarida teran angladik. Uzoq davrlar mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun avvalo serhosil yer zarur degan qarash singdirilgan xalqimiz Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va yana boshqa ko‘plab zamonaviy sanoat quvvatlari qiyofasida qaqragan cho‘llarni obod qilishning yo‘llari turfaligiga guvoh bo‘ldi. Eng muhimi, ushbu obyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bugungi kuchli raqobat sharoitida omborxonalarga yetib bormasdan xaridorlarini topayotgani, ko‘plab turdosh korxonalar, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rag‘batlantirayotgani bor gap.

11 (7).JPG

Darvoqe, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, son-sanoqsiz ish o‘rinlarining yaratilishi, eng muhimi, odamlar ongu shuurida mulkka egalik hissining kuchayishi, ishbilarmonlik kayfiyatining ortib borishi chorak asr mobaynida qadam-baqadam shakllantirilgan va rivojlantirilgan kichik biznes sektorining xizmati ekaniga bugun hech kim shubha qilmaydi. Statistik raqamlarni chetga surib turaylik-da, yon-atrofimizdagi odamlar hayotiga bir qur nazar tashlaylik – kuni kecha tomorqasidagi piyozni pullash bilan tadbirkorlik hadisini olgan Bozorboy bugun qo‘ni-qo‘shnisining ham mahsulotlarini xarid qilib, xorij bilan savdo-sotiq qilish payida yurganini ko‘rasiz. Yo o‘tgan yili kollejni tugatib, dugonalarini yoniga olib chevarlik qilayotgan singillarimiz yoinki dastavval otasining, keyin qo‘ni-qo‘shnining eski mashinasini tuzatgan, hozir avtoservis ochib, professional xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkor ukalarimiz kam deysizmi oramizda?!

Kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va roli tahlilchilar tomonidan har tomonlama o‘rganib borilar ekan, uning ustunliklari va zaif jihatlari chuqur tadqiq etilganini ta’kidlash zarur. Tez o‘zgaruvchan, hamisha yangilikka o‘ch bozor talablarini birinchilar qatorida ilg‘ab olib, iste’molchiga zarur tovar va xizmatlarni taklif etishi barobarida tavakkalchiliklarni oson boshqarish, turli bo‘hronlardan chapdastlik bilan omon qolish imkoniyatiga egaligi «kichik iqtisodiyot»ning asosiy afzalliklari hisoblanadi.

Bu o‘rinda bir tomondan kichik ishlab chiqaruvchilarning zarur infrastrukturaga ega ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlanishi, boshqa tomondan ular o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasining chuqurlashuviga xizmat qilayotgan kichik sanoat zonalarining (KSZ) ahamiyati tobora ortib borayotganini qayd etish joiz. Bo‘sh turgan yoinki foydalanilmayotgan bino va inshootlar negizida barpo etilayotgan KSZlar davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklikning nodir namunasi sifatida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari barpo etish, eksport salohiyatini oshirishda qo‘l kelmoqda.

Kichik sanoatning katta yurishi

O‘tgan yillarda xususiy mulkchilik shakllarini, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda 220 mingdan ziyod kichik biznes subyektidan iborat «kichik iqtisodiyot»ning yuzaga kelishiga imkon yaratdi. Dastlab savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini «zabt etgan» mazkur sektor endilikda ishlab chiqarish sohalariga ham shiddat bilan kirib kelmoqda. Taqqoslash uchun fakt: 2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 28 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 45 foizga yetdi.

Lekin ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish qator murakkabliklari bilan ajralib turadi. Bu o‘rinda birgina ishlab chiqarish maydonini transport va muhandislik kommunikatsiyalariga ulash kichik tadbirkor uchun qancha vaqt va mablag‘ talab qilishini keltirib o‘tish kifoya. «Start» tugmasi bosilgunga qadar sarflangan bunday xarajatlar kelgusida mahsulot tannarxida o‘z izini qoldirib, oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillardan biriga aylanadi.

Mazkur masalaga yechim topishda poytaxtimizdagi sobiq «O‘zbekqishloqmash» zavodining Yunusobod tumanidagi hamda sobiq «Elektromash» zavodining Sergeli tumanidagi bino va inshootlari negizida 2013-yilda tashkil etilgan «Poytaxt texnoparki» tajribasi qo‘l keldi. O‘tgan davrda texnoparkning faoliyati bir necha marta takomillashtirildi. Natijada 2016-yildan e’tiboran Sergeli tumanidagi sobiq «Elektromash» zavodi va «Fayz-xolding» korxonasining bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari birlashtirilib, yagona Sergeli kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsata boshladi.

Bugun Sergeli kichik sanoat zonasining bir necha yil avval tashlandiq hudud bo‘lganiga ishonish qiyin. Uch mingdan ziyod ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan yuzdan ziyod kichik ishlab chiqarish korxonalarida ish qaynaydi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan yuzlab turdagi mahsulotlar nafaqat mamlakatimizning eng chekka hududlari, balki xorijiy davlatlarda ham o‘z xaridorini topmoqda.

Sergeli KSZ rahbari M.Aliyevning ta’kidlashicha, umumiy maydoni 20 gektardan ortiq hududda har bir qarich yerning qiymati bor. Chunki ishlab chiqarish maydonlarining eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan uzoq muddatli ijaraga berilishi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratmoqda. Ayni paytda mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatining ortib borayotgani ishlab chiqarish maydonlari, malakali ishchi-xizmatchilar hamda muhandislik va transport kommunikatsiyalariga bo‘lgan talabni tobora oshirmoqda. Bu KSZ direksiyasidan muhandislik va transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash ishlariga doimiy e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

– 2014-yil aprel oyidan ish boshlaganmiz, – deydi «General Packaging» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Jahongir Yo‘ldoshev. – Imtiyozli kredit, imtiyozli joy, qolaversa, uskunalarni xarid qilish jarayonidagi imtiyozlar bois ishlab chiqarishni qisqa vaqtda yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik. Bugungi kunda o‘nga yaqin yigit-qiz ishlayotgan korxonamizda mahalliy xomashyo asosida mahsulotlarni qadoqlashda zarur bo‘ladigan karton qutilar ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda.

– Tez kunda xorijdan yangi dastgohlar olib kelinadi, – deydi «Eco Plast Product» korxonasi direktori Hasan Dadaboyev. – Biz ishlab chiqarayotgan mahsulot – zanglamaydigan quvurlar hozirgi vaqtda asosan xorijdan keltirilmoqda. Shu bois korxonamiz ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich oshirib borgan holda mahalliy iste’molchilarni sifatli va arzon mahsulot bilan ta’minlashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Buning samarasida korxonamizdagi ish o‘rinlari soni yigirmataga yetadi.

Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hisobidan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda kichik sanoat zonalarining o‘rni salmoqli bo‘lmoqda. Sergeli kichik sanoat zonasi ham bundan mustasno emas.

– Mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati shiddat bilan rivojlanmoqda, – deydi «King Garment Textile» korxonasi rahbari Ilhom Eshmirzaev. – 2016-yil avgust oyida Sergeli kichik sanoat zonasidagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarni ijaraga oldik. 5 milliard 500 million so‘mdan ziyod investitsiya hisobiga bino va inshootlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy to‘quv dastgohlari o‘rnatildi. Joriy yil yanvaridan boshlab trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 600 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxona xomashyoning asosiy qismini mahalliy bozordan olgani holda tayyor mahsulotning 70 foizdan ziyodini xorijga eksport qilmoqda. Ishlab chiqarish boshlangandan beri Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga 400 ming dollarlik trikotaj mahsulotlari yetkazib berilgani korxona eksport salohiyatining yuqoriligidan dalolat beradi.

Sergeli KSZda shahar va tuman hokimligi, nazorat organlari mas’ullari bilan o‘tkazilayotgan doimiy uchrashuvlar bu zonalarning tadbirkorlik subyektlari va davlat idoralari o‘rtasidagi muloqot maydoni vazifasini ham bajarayotganini ko‘rsatadi.

Avval uchta, endi sakkizta

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda har bir xonadonga tadbirkorlikni olib kirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda tadbirkor uchun zarur mablag‘, bilim va ko‘nikma, yer maydonlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyati salmoqli bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yil 18-maydagi «Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori poytaxt ishbilarmonlarining faoliyatini yanada rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos bo‘ldi. Unga muvofiq, Toshkent shahridagi mavjud uchta kichik sanoat zonasi qatoriga yana beshta KSZ qo‘shiladigan bo‘ldi.

– Mazkur hujjat nafaqat biz singari KSZ imtiyozlaridan foydalanib kelayotgan tadbirkorlar, balki qulay va arzon ishlab chiqarish maydoniga ega bo‘lmagan korxonalar uchun ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi, – deydi «Nexus» korxonasi rahbari Bahrom Asqarxo‘jayev. – Birgina KSZdagi tadbirkorlar uchun Kafolat jamg‘armasining ta’sis etilishi bizning kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatimizni bir necha baravarga oshiradi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi mahsulotlar, yangi ish o‘rinlari yaratilishi deganidir.

Muxtasar aytganda, o‘tgan yillarda yirik sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar «kichik iqtisodiyot»ning zarur xomashyo resurslari bilan ta’minlanishiga zamin yaratdi. Kichik sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish hamda ularning ishtirokchilarini rag‘batlantirish mexanizmlarining takomillashtirilishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik sanoat zonalari – iqtisodiy taraqqiyot va xalq farovonligining muhim vositasi