Milliy matbuot markazida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar milliy iqtisodiyotning izchil o‘sishi hamda aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Yil boshidan buyon «Agrobank» tomonidan kichik biznes subyektlariga 666 milliard 700 million so‘mlik kreditlar ajratildi.

Tomorqalardan samarali foydalangan holda tadbirkorlik qilish imkoniyati bo‘lgan xonadonlar o‘rganilib, 54 mingdan ziyod oila vakillariga 323 milliard 200 million so‘mlik kredit ajratildi. Natijada 54 mingdan ortiq aholi uchun ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashildi.

Yoshlar bandligi, xususan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes rejalarini moliyalashtirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda 20 milliard so‘mlikdan ziyod kreditlar ana shu maqsadga yo‘naltirilgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim yo‘nalishini rivojlantirishga hissa qo‘shdi.

– Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani inobatga olinib, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor berilmoqda, – deydi “Agrobank” boshqarma boshlig‘i Karim Ismatov. – Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur tarmoqni rivojlantirishga 382 milliard so‘mlik kreditlar yo‘naltirilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar yana 540 milliard so‘mlik moliyaviy resurslar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga bank mutaxassislari javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik biznesning ishonchli hamkori