Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimizning tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilgan farmon va qarorlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni eksportga chiqarishda yaqindan yordam berib kelmoqda.

Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2 ming 162 tadbirkorlik subyektiga o‘z tovar va xizmatlarini eksport qilishda xuquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatilgan. Buning natijasida 395 tadbirkorlik subyekti tomonidan 1 milliard 93 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.

– Jamg‘arma turli xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, chet eldan xaridorlar topishda doimiy ravishda ko‘mak berib kelmoqda, – deydi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Krember" korxonasi vakili D.Uzoqov. – Buning samarasida joriy yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro oziq-ovqatlar ko‘rgazmasida ishtirok etib, 5 ta davlat bilan 3,5 million dollarlik shartnoma imzolashga erishdik.

Matbuot anjumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportining mamlakatimiz umumiy eksportidagi ulushi oxirgi 15-yilda uch marotaba ortib, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 27 foizga yetgani alohida ta’kidlandi. Oxirgi besh yilda eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni 1,5 barobar, kichik biznes subyektlari soni 1,6 barobar oshgani qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportining mamlakatimiz umumiy eksportidagi ulushi 27 foizga yetdi