Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Namangan shahrining Orzu massivida tashkil qilingan “Orzu” kichik sanoat zonasi ham tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan ana shu e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Ayniqsa, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini maqbullashtirish, tadbirkor va ishbilarmonlarga imtiyozli shartlar asosida yoki "nol" qiymatda berilayotgani soha rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Namangan shahrining Orzu massivida tashkil qilingan “Orzu” kichik sanoat zonasi ham tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan ana shu e’tiborning amaldagi ifodasidir. 10 gektarga yaqin maydonni egallagan sanoat zonasida ayni paytda 20 tadbirkorlik subyekti tomonidan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

5 (1).jpg

“Hilol Totli” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexining birinchi qavati bitkazilib, tomini yopish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur sexda 40 yangi ish o‘rni yaratiladi. “Porloq tekstil liboslari”, “Avazxon kelajak tekstil servis”, “So‘g‘diyona fayz tekstil”, “Bosser textile service”, “Ulug‘-B”, “Axsikent tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari qurilishi ham jadal sur’atda bormoqda. Tikuvchilik sanoati bo‘yicha shunday loyihalar ustida “Yorqin porloq tekstil”, “Olmos tekstil servis”, “Abbos tikuv servis”, “Rizq tekstil savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida tashkiliy ishlar boshlangan. Mazkur loyihalar amalga oshirilgach, o‘zining eksportbop kostyumlari, trikotaj mahsulotlari, ayollar va bolalar kiyimlari bilan viloyat tikuvchilik sanoati dovrug‘ini taratayotgan “Istiqlol dizayn markazi”, “Lyuks plyus servis”, “Iftixor kiyim sanoat”, “Dilrabo SDA” kabi zamonaviy korxonalar safi yanada kengayadi.

Viloyatda paxta xomashyosini qayta ishlash, tayyor to‘quvchilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. “Orzu” kichik sanoat zonasida bu yo‘nalishda ham bir qator loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, “Nurobod sifat tekstil” MChJning ayni paytda qurilishi qizg‘in davom etayotgan va loyiha qiymati 1 milliard 450 million so‘m bo‘lgan ip-gazlama ishlab chiqarish sexi ishga tushiriladi. Bu yerda 105 kishi doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadi. Shu yo‘nalishdagi yana bir korxona “White gold towel textile” MChJ tomonidan barpo etilmoqda.

Kichik sanoat zonasida “Perfect Fruits” MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sexi, “Yuksalish ulgurji savdo eksport” MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich omborxona qurilmoqda.

2 (1).jpg

– Kichik sanoat zonasi tashkil etilishi tadbirkorlar uchun juda qulay imkoniyat bo‘ldi, – deydi “Perfect Fruits” MChJ rahbari J.Abbosov. – Ushbu hududdan 0,27 gektar yer maydoni olib, meva-sabzavotni qayta ishlash korxonasi qurilishini boshladik. 2 milliard so‘mlik loyiha asosida bir sutkada 30 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvati yaratiladi va bu yerda 30 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Qurilish, dizayn mahsulotlari, mebel, o‘yinchoqlar, butlovchi qismlar, turli salfetkalar, yoritish vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha ham loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Bugun kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati 30 milliard so‘mdan ziyod sarmoyani tashkil qiladi.

– “Orzu” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalarni o‘rganish davom etmoqda, – deydi Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari U.Holiqov. – Yuqoridagi loyihalarning amalga oshirilishi kichik sanoat zonasida 2 ming 500 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Yurtimizda barpo etilayotgan kichik sanoat zonalari iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk ulushini izchil oshirish hamda shaharda sanoat salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: 2 ming 500 ish o‘rni yaratiladi