Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 2018-yil hosili uchun kuzgi don ekishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar kuzgi g‘alla ekish agrotexnikasi bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

Mustaqillik yillarida viloyatda g‘alla ekiladigan maydonlar deyarli ikki yarim barobardan ortiq kengaytirildi. Tadbirda g‘alla yetishtiriladigan maydonlarning paxta bilan teng nisbatda kengaytirilishi don yetishtirishni ko‘paytirish barobarida dehqonlarni qiynab kelayotgan muammoni hal etish – almashlab ekish tizimini qaytadan tiklash imkonini bergani alohida ta’kidlandi.

Viloyatda 4 ming 500 dan ziyod fermer xo‘jaligi g‘alla yetishtirib kelmoqda. Hududda kelgusi yil hosili uchun 100 ming gektardan ortiq maydonga kuzgi don ekilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda barcha tumanlarda g‘alla ekish ishlari qizg‘in boshlab yuborildi.

Paxtakor tumanida qishloq xo‘jaligining bu tarmog‘i bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilayotir. Tuman fermerlari g‘alla maydonlarining har gektaridan 50-60 sentnerdan oshirib hosil olmoqda.

Tadbir ishtirokchilari tumandagi “Paxtakor Alpomishi” va “Semurg‘” fermer xo‘jaliklarining ochiq maydonlarga kuzgi g‘alla ekish tajribasi bilan tanishdi.

– Tumanimizdagi 446 fermer xo‘jaligida 2018-yil hosili uchun 13 ming gektar maydonda g‘alla ekish rejalashtirilgan, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i T.Ochilov. – 12 ming 500 gektar g‘o‘za qator oralari, 500 gektar ochiq maydonga kuzgi g‘alla ekish uchun yetarli urug‘lik va yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi tayyor. Bu tadbirni qulay agrotexnik muddatlarda amalga oshirishda 42 g‘alla ekish otryadi tarkibida 35 traktor, 45 seyalka, 368 yer tekislagich, 47 o‘g‘it sepkich texnikasi unumli ishlatilmoqda.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda kuzgi g‘alla ekishga kirishildi