O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Jizzaxda o‘tkazilgan “Hosil bayrami” tadbirlari farovonlik, ma’murchilik va dasturxonimiz to‘kinligi namoyishi sifatida nishonlandi.

Barcha tumanlardan dehqon va fermerlar, qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari, ilmiy muassasalar mutaxassislari taklif etilgan bayram tadbirlarida yurtimizda agrar soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tibor hududlarni obod etish, bandlikni ta’minlash, eng muhimi, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda viloyatda 12 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatib, ularda 70 mingdan ortiq ishchi mehnat qilayotir. Ularning mehnati tufayli 2017-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 2 trillion 444 milliard so‘mni tashkil etdi.

16.JPG

Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 401 ming 222 tonna sabzavot, 181 ming tonnadan ortiq poliz, 68 ming 161 tonna meva, 500 ming 343 tonna boshoqli don yig‘ib olindi. 167 ming tonnadan ziyod paxta xirmoni bunyod etildi. 30 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Chorvachilik sohasining imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar qoramollar bosh sonining o‘sishiga, ichki iste’mol bozorining chorva mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanishiga zamin yaratdi. Jumladan, 2017 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar soni 101, qo‘y-echki 102, parranda 105 foizga ko‘paydi.

2017-yilning o‘tgan davrida qishloq ho‘jaligi sohasida umumiy qiymati 101 milliard 947 million so‘mlik 647 loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 ming 937 qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi.

Fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qoramol, qo‘y, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etish loyihalariga 96 milliard so‘mga yaqin bank kreditlari ajratildi.

5 (1).JPG

– Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xo‘jaligi rivojini yangi bosqichga ko‘tardi, – deydi Mirzacho‘l tumanidagi “Pangatlik mirishkor” fermer xo‘jaligi rahbari O.Mavlonov. – Bu, avvalo, dehqonga, uning mehnatiga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishida namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni joriy etilib, “Hosil bayrami” o‘tkazilishi dehqonlarga ko‘rsatilgan alohida hurmat e’tirofi bo‘ldi. Mana, necha kunki, yurtimizda dehqonu chorvadorlar sha’niga bildirilayotgan minnatdorlik izhorlari va taqdirlashlar qalbimizni g‘ururga to‘ldirib, yanada samarali mehnat qilishga undamoqda.

Bayram tadbirlari doirasida «Shohsaroy» tantanalar majmuasida dasturxon yozilib, osh tortildi. Qishloq xo‘jaligi xodimlari bir piyola choy ustida yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi rejalar xususida fikr almashdi. Samarali mehnati bilan xalqimiz farovonligiga salmoqli hissa qo‘shayotgan soha xodimlari, fermerlar, tomorqa egalari qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

San’at ustalari va yosh ijrochilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bayram ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Bayram tadbirlari doirasida tuman hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga xizmat mashinalari topshirildi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Soliyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda umumiy hajmi 2 trillion 444 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi