Jizzax shahridagi “Bonu shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Deya” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan 50 dan ortiq turdagi qandolat mahsulotlari Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxona yiliga 3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2014-yilda Xalq bankining 2,2 milliard so‘m mablag‘i evaziga xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlangan korxonada ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda. O‘sha yili 4 milliard so‘mlik, 2015-yilda 6,5 milliard so‘mlik, 2016-yilda esa 15 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan keyingi ikki yilda qo‘shimcha 60 ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda korxonada 150 kishi mehnat qilmoqda. Hududdagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib, eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarmoqda.

Ayni paytda korxona jamoasi xorijdan shokolad va vafli ishlab chiqarish texnologiyalarini keltirib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va eksport hajmini oshirish ustida ish olib bormoqda.

– Yangi texnologik liniyada soatiga 400 kilogramm shokolad, 200 kilogramm vafli tayyorlanadi, – deydi korxona bosh hisobchisi Bobur Isroilov. – Bu jahonning ilg‘or korxonalaridagi kabi sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Eng muhimi, shunday mahsulotlarni yurtimizga import qilish hajmini qisqartiradi. Yangi liniyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 50 foizi eksport qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax shirinliklari xorijga