O‘zbekiston dunyo to‘qimachilik bozorining eng faol ishtirokchilaridan biridir.

Yurtimizda istiqlol yillarida mazkur tarmoq taraqqiyotiga alohida ahamiyat qaratilgani tufayli u iqtisodiyotning zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam qilgan ilg‘or jabhalaridan biriga aylandi. Soha korxonalari esa eng jozibali biznes subyektlari sifatida xorijlik investorlar nazariga tushdi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan puxta o‘ylangan iqtisodiy siyosatning izchil amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, jumladan, to‘qimachilik kompleksi samaradorligini oshirish, paxta tolasidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport tarkibida uning ulushini ko‘paytirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 21-dekabrdagi “2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarda dasturilamal bo‘lmoqda.

– Mamlakatimizda 2017-2018-yillarda yengil sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda, – deydi "O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati bosh mutaxassisi Sodiq Boboqulov. – Dasturga asosan 132 investitsion loyiha bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, istiqlol yillarida 2,5 milliard dollar xorij sarmoyasi evaziga 300 dan ziyod yirik investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi. Tarmoq korxonalari dunyoning yetakchi korporatsiyalarining zamonaviy texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlangan.

Mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqaror o‘sish hajmi ta’minlanmoqda.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida zamonaviy O‘quv-tadqiqot to‘qimachilik texnoparki loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning ishga tushirilish muddati 2018-yil sentabr oyiga rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida yangi loyihalar samarasida, jumladan, yurtimizning olis hududlarida o‘ttiz mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda