Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 15:39 Chop etish versiyasi

Ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ko‘paydi

Ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ko‘paydi Namangan shahridagi to‘qimachilik yo‘nalishida momiq sochiq va xalatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Choshgoh”mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati yanada kengaydi.

Bundan 12-yil avval ish boshlagan korxonada 107 kishi mehnat qiladi. Yiliga 10 ming metrdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada o‘tgan yili 29 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot tayyorlandi. Ishlab chiqarish bozor talab va takliflari asosida tashkil etilayotgani, mahsulotning sifatiga alohida e’tibor qaratilayotgani korxona iqtisodiyotining barqaror o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda.

– Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar yuksak samaralar bermoqda, – deydi “Choshgoh” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari O.Boboxonov. – Ana shu imtiyozlardan foydalangan holda bo‘sh turgan yer va inshootlarni “nol” qiymatda olib, korxona faoliyatini kengaytirdik. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jamiyat o‘z mablag‘i hisobidan 4 milliard 700 million so‘mdan ziyod sarmoya kiritdi. Qisqa muddatda 1 milliard 500 million so‘mlikdan ziyod qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarildi, xorijdan 3 milliard 200 million so‘mlik to‘quv-tikuv dastgohlari keltirib o‘rnatildi. Bu ishlab chiqarish quvvatini ikki barobar oshirish, qo‘shimcha 100 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
2 532






Все о погоде - Pogoda.uz