Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 20:27 Chop etish versiyasi

Institutda mehnat yarmarkasi

Institutda mehnat yarmarkasi Ta’lim muassasalarida bitiruvchilar uchun tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalari yoshlarning to‘liq ishga joylashishi hamda ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Toshkent arxitektura-qurilish institutida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 50 dan ortiq korxona va tashkilot bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

2016-2017 o‘quv yilida institutni 267 bakalavr hamda 37 magistr davlat granti asosida bitirmoqda. «Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq ularning mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga ishga taqsimlanishi shartnoma va rasmiy xatlar bilan to‘liq rasmiylashtirilmoqda.

Yarmarkani o‘tkazishdan maqsad ishlab chiqarish korxonalarining kadrlar sifatiga bo‘lgan talab va takliflarini tahlil qilish, yosh mutaxassislarni iqtidor va salohiyatidan kelib chiqib, ishga joylashtirishga ko‘maklashishdir.

Nurillo Nasriyev, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
3 109






Все о погоде - Pogoda.uz