Mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor mavjud ekin maydonlaridan unumli foydalanish, hosildorlikni yanada oshirish, yetishtirilayotgan mahsulotni qayta ishlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

2.JPG

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

13.JPG

Farg‘ona viloyatida ham ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safi kengayib bormoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirildi.

18.jpg

Chorvachilik – serdaromad soha. Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligining ushbu tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibordan foydalanib, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etgan qishloq tadbirkorlari el dasturxonini sifatli go‘sht, sut mahsulotlari bilan ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi “Shukurdavlat” fermer xo‘jaligida chorvachilikni rivojlantirish, nasldor mollar parvarishlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda 700 bosh zotdor qoramol boqilmoqda. Ular ko‘paytirilib, viloyatdagi boshqa fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berilayotir. Zamonaviy sutni qayta ishlash tarmog‘ida 10 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari tayyorlanayotir. Kuniga 3 tonnadan ziyod sut qayta ishlanib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda.

Daromad ko‘paysa, yangi rejalarni hayotga tatbiq etish imkoniyati ham ortadi. Davlatimiz tomonidan bunday ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarlicha imtiyoz va qulayliklar yaratilgan. Ishning ko‘zini biladigan tadbirkor bu imkoniyatlardan samarali foydalanadi. Fermer xo‘jaligi rahbari Shukrullo Saydullayev yaqinda Turkiyadan ozuqa bazasi va qoramol parvarishi uchun zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatdi. Germaniyadan esa 132 bosh zotdor qoramol olindi.

Fermer xo‘jaligida yana bir istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda. 2 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasi 2018 yilning uchinchi choragida to‘la quvvat bilan ishga tushadi. Yiliga 4 ming tonnadan ortiq sut, 150 tonna go‘sht, 6000 tonna sut mahsulotlari qayta ishlanadi.

17.JPG

– Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi davomida bizning loyiha bilan ham tanishib, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish borasida zarur tavsiyalar berdi, – deydi fermer Sh.Saydullayev. – Ayni kunlarda mazkur loyihani amalga oshirish ishlarini boshlab yubordik. O‘zim Germaniya, Turkiya kabi davlatlarda bo‘lib, chorvachilik yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdim. Bu faoliyatimizni yanada kengaytirish, yangi tarmoqlarni ishga tushirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Chorvachilikning rivojlanishi qishloqda bozor infratuzilmasini taraqqiy ettirish, sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. Qishloqlarda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari soni ko‘paymoqda. Aholiga sut, go‘sht mahsulotlari yetkazib berishga salmoqli hissa qo‘shayotgan bunday fermer xo‘jaliklarida qishloq odamlari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Bu chorvachilikni rivojlantirish xalqimiz turmushini obod, hayotini yanada farovon qilishda nechog‘li ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib turibdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyatlar yanada kengaymoqda