Prezidentimiz rahnamoligida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, real sektor tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli kooperatsiya aloqalari rivojlanmoqda.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalarini iqtisodiyotning tegishli sohalariga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda institutda yetakchi olimlar rahbarligida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 418 million 796 ming so‘mlik 3 fundamental, 2 amaliy va 2 innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Institutda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar, iste’dodli talabalar va ishlab chiqarish korxona-tashkilotlarining yetakchi mutaxassislaridan iborat 18 innovatsiya guruhi tuzilgan. “Sho‘rtangazkimyo" majmuasi, “Muborakneftgaz” UK, “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi”, “Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi”, “Muborak issiqlik elektr markazi” kabi 59 ishlab chiqarish korxonasi va tashkilot bilan korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedralarda innovatsiya guruhlari tomonidan korxonalarning ilmiy-texnologik muammolari banki yaratilgan bo‘lib, bajarilayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzusi buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

– Olimlarimizning ishlanmalari turli ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etilib, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda, –deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nodir Qo‘ziyev. – Joriy yilda o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar" X Respublika yarmarkasiga institut professor-o‘qituvchilari, yosh olim va iste’dodli talabalari tomonidan qishloq xo‘jaligi, sanoat, fan va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 35 dan ortiq ishlanma namoyish etildi. Yarmarkaning Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan hududiy bosqichlarida 440 million so‘mlik shartnomalar imzolandi. Respublika bosqichida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar asosida 80 million so‘mlik shartnoma tuzishga erishildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti yer usti transport tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Uchqun Qodirov kartoshka ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasini yaratdi. Innovatsion model resurs tejamkor bo‘lib, yerni tez va sifatli ekishga tayyorlash imkonini beradi.

– Kartoshka ekish uchun yerni tayyorlashda amaldagi texnologiyada qishloq xo‘jalik texnikasi ekin maydoni yuzasidan bir necha marta o‘tishiga to‘g‘ri keladi, – deydi U.Qodirov. – Bu yerni zichlashtirib, yoqilg‘i bilan bog‘liq xarajatlarni oshiradi. Chunki, kartoshka ekiladigan dalada tuproqni o‘g‘itlash va shudgorlash bilan ish yakunlanmaydi. Shudgorlashdan keyin dala tekislanadi, tuproqning yuza qismiga ishlov berilib, jo‘yak va ariqlar tortiladi. Biz taklif etayotgan agregat esa yuqorida sanab o‘tilgan barcha jarayonlarni birvarakayiga amalga oshiradi. Ya’ni, bir o‘tishda tuproqni ham yumshatadi, ham o‘g‘itlaydi, ham jo‘yak tayyorlab, yuza qismini zichlab ketadi. Kombinatsiyalashgan mashina yumshatgich, chuquryumshatgich, tuproqni chap va o‘ngga ag‘daradigan yo‘naltirgichli korpuslar, o‘g‘it solish moslamasi va g‘altakdan iborat. Albatta, bu qurilmani har qanday texnika ham torta olmaydi. Shu bois, ot kuchi yuqori bo‘lgan traktorlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqotchi mazkur qurilma uchun patent ham olgan. Ishlanmaning samaradorligi raqamlarda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, u xarajatlarni 35, yoqilg‘i sarfini 25 foizgacha kamaytirib, ish unumdorligini 42 foizga oshiradi. U.Qodirovning ushbu qurilmasi VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda yosh tadqiqotchi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, mazkur qurilmani yanada takomillashtirish ustida izlanmoqda.

Institut professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy yangiliklar ixtirolarga berilgan patentlar bilan baholanadi. Institut olimlari tomonidan so‘nggi 3-yilda 10 ilmiy ixtiroga patent va 1 mualliflik guvohnomaci olingan. 15 ilmiy ixtiroga patent olish uchun talabnomalar berilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar amaliyotga