Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasida don ekinlarining yangi navlarini yaratish, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, intensiv agrotexnologiyalar ishlab chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ilmiy muassasada yaratilgan g‘alla, dukkakli, yem-xashak, moyli va poliz ekinlarining 67 navi O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reyestriga kiritilgan. Jumladan, yumshoq bug‘doyning “Ko‘kbuloq”, “Istiqlol - 6”, “Istiqlol - 20”, "Semurg‘", “Sa’d – 2010”, qattiq bug‘doyning “Istiqlol –5”, “Olmos – 2011”, arpaning “Do‘stlik – 2011”, “Bahorikor”, “Abu G‘ofur – 20”, no‘xatning “Mustaqillik –20”, “O‘zbekiston – 2011” kabi serhosil yangi navlari yaratildi. Boshoqli don ekinlarining 34, dukkakli don ekinlarining 10, moyli va poliz ekinlarining 4 yangi navi Davlat nav sinash komissiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ilmiy muassasada yaratilgan navlar mahalliy iqlim sharoitiga mosligi, sho‘rga, turli kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, hosildorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bu yo‘nalishda lalmi dehqonchilikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yaxshi samara bermoqda.

– Prezidentimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar mamlakatimizning barcha ilmiy muassasalari kabi tajriba stansiyamiz faoliyatini takomillashtirishning yangi istiqbollarini ochib berdi, – deydi ilmiy tajriba stansiyasi rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi R.Siddiqov. – Davlatimiz tomonidan iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlashda ilm-fanning rolini kuchaytirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar asosida yurtimizning lalmikor mintaqalarida g‘alla, dukkakli don, yem-xashak, moyli va poliz ekinlari hosildorligini 30-50 foiz ko‘paytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish zarur. Bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ham xizmat qiladi.

Lalmi yerlarda g‘alla yetishtirish va hosildorlikni oshirishda sifatli urug‘ muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda lalmi yerlar uchun Davlat reyestriga yumshoq bug‘doyning 9, qattiq bug‘doyning 2 navi kiritilgan. Tajriba stansiyasida mavjud urug‘chilik tizimini tubdan yaxshilash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ekishga tavsiya qilingan navlarning boshlang‘ich va superelita urug‘lari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Elita va keyingi reproduksiya urug‘lari yetishtirish tizimli davom ettirilmoqda.

Ilmiy tajriba stansiyasini dehqonchilik ilmiy maktabi deyish mumkin. Bu olimlarning bevosita dalada faoliyat olib borayotgani, asosiy hamkorlari fermerlar ekanida ham namoyon bo‘ladi. Ammo, fermerlarning barchasi ham ilmiy tavsiyalar asosida ishlamoqda, deb bo‘lmaydi. Buni urug‘ tanlash, almashlab ekish qoidalariga rioya etishdagi talablarning to‘liq bajarilmasligi tufayli yuz berayotgan kamchiliklarda ham ko‘rish mumkin.

Muassasa jamoasi tomonidan yurtimizda ekishga tavsiya etilgan har bir navning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan ekish muddati, ekish me’yori hamda oziqlantirish tizimi bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy izlanishlar asosida erishilgan natijalarni dehqonchilikka joriy etish suvli va lalmi yerlarda har qanday ob-havo sharoitida barqaror yuqori hosil yetishtirish imkonini beradi.

– Boshoqli don ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi navlarini yaratish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar ko‘lami kengaymoqda, – deydi ilmiy tajriba stansiyasi dehqonchilik bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi H.Yusupov. – Bu yo‘nalishda xalqaro tajriba, genofond, gen injenerligi, biotexnologiya va boshqa fundamental tadqiqotlardan keng foydalanilmoqda. Fundamental tadqiqotlarning davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani yangi istiqbolli navlarni yaratish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy asoslangan dehqonchilik – mo‘l hosil garovi