Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, yangi tashabbus va loyihalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 23-fevraldagi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida idoralararo komissiya tuzildi. Maxsus ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ayni paytgacha xususiylashtirilgan 1 ming 386 korxona va obyekt xatlovdan o‘tkazilib, 873 tasi faoliyat yuritayotgani, 384 obyekt buzilgani va 129 tasi hanuzgacha bo‘sh turgani aniqlangan.

– Yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti inobatga olinib, 102 istiqbolli loyiha bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi, – deydi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri B.Soliyev. – Dastur asosida 2017-2018-yillarda mazkur loyihalarga 255 milliard 600 million so‘mlik investitsiyalar kiritish va 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Natijada 156 milliard 700 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Eng muhimi, 1 million 800 ming dollar qiymatidagi mahalliy mahsulotni eksport qilish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlarga erishish uchun joriy yilda 73 loyihani hayotga tatbiq etish, 2018-yilda 29 loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha reja tuzilgan.

Ayni paytga qadar belgilangan loyihalar bo‘yicha 130 milliard 200 million so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilib, tijorat banklari tomonidan 98 milliard 5 million so‘mlik kredit mablag‘lari 13 loyihani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Shuningdek, 31 loyiha bo‘yicha olib borilgan amaliy ishlar natijasida qariyb 300 yangi ish o‘rni yaratilib, korxonalar tomonidan sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Karmana tumanidagi “Gulobod Osiyo Parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibidagi sobiq parrandachilik fabrikasida “Turonbank” viloyat filiali tomonidan ajratilgan 2 milliard so‘m kredit hamda tadbirkorning 1 milliard so‘m shaxsiy sarmoyasi evaziga 80 ming bosh jo‘ja parvarishi yo‘lga qo‘yildi. Bu 40 kishining doimiy bandligini ta’minlash imkonini berdi.

Navoiy shahridagi “Elektrokimyozavodi” aksiyadorlik jamiyati balansidagi bo‘sh turgan obyekt negizida yillik quvvati 500 tonna bo‘lgan sulfid natriy kukuni ishlab chiqarish sexi ishga tushirilishi natijasida 12 yangi ishchi o‘rni yaratildi. Ayni paytga qadar bu yerda 80 tonna mahsulot ishlab chiqarildi.

Xatirchi tumanidagi sobiq “8 mart” fabrikasida “Navoiy Food Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatining o‘z mablag‘i va bank krediti evaziga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etildi. Qiziltepa tumanidagi “Azkamar” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham tashabbuskorning 300 million so‘m shaxsiy mablag‘i bilan bentonit kukuni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

– Yangidan faoliyat boshlagan “8 mart Xatirchi” tikuvchilik fabrikasida ayni paytda 355 xotin-qiz mehnat qilmoqda, – deydi “Navoiy Food Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori M.Halimov. – Qariyb 8 milliard so‘mga teng loyiha hududni iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi. Asosan yosh mutaxassislar mehnat qilayotgan korxonada buyurtma asosida 15 turdagi bolalar kiyimi tayyorlanmoqda. Xorijdan keltirilgan 160 zamonaviy tikuv dastgohi mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirdi.

Biroq, yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlarga qaramay, hanuzgacha bo‘sh turgan yoki foydalanilmayotgan yer maydonlari va obyektlar mavjud bo‘lib, mukammal investitsiya dasturi ishlab chiqmagan va hech qanday amaliy ishni boshlamagan loyiha tashabbuskorlari bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat idoralararo komissiyasi ishtirokida tadbirkor va loyiha tashabbuskorlari bilan 7 marotaba uchrashuv o‘tkazilgani qator muammolarga yechim topishda muhim omil bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Idoralararo komissiya: Tadbirkor va loyiha tashabbuskorlari bilan 7 marotaba uchrashuv o‘tkazildi