1-oktabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 500 so‘m, mashinada terilgan 1 tonna xomashyo uchun 260 ming so‘m haq to‘lanmoqda.

Bugungi kunda kim bilan suhbatlashmang, mavzu iqtisodiyotimizning tayanchlaridan biri – paxta yig‘im-terimi mavsumiga borib taqaladi. Dehqonu fermerlarimizning yil bo‘yi qilgan mashaqqatli mehnati samarasi dalalarda bo‘y ko‘rsatdi – chanoqlardagi “oq oltin” dur kabi oppoq bo‘lib ochilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimiz dalalarida tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil navlarni tanlash, yerni ekishga tayyorlash, urug‘ni o‘z vaqtida qadash, g‘o‘za qator oralariga obi tobida ishlov berishga doir agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilgani tufayli maydonlarda mo‘l hosil yetishtirildi.

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil hosil har yilgidan salmoqli bo‘lib, terimga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-sentabrdagi «2017-yil hosili paxta xom ashyosining xarid narxlari to‘g‘risida»gi qarori paxta yig‘imida ishtirok etayotgan terimchilarning manfaatdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko‘ra, 1-oktabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 500 so‘m, mashinada terilgan 1 tonna xomashyo uchun 260 ming so‘m haq to‘lanmoqda. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga terimchilarga mehnat haqini har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa har kuni to‘lash tavsiya etildi.

Har bir kilogramm paxta uchun belgilangan narxning o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirilgani terim mavsumiga uyushmagan yoshlar va aholini ixtiyoriy ravishda jalb qilishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mehnat resurslari yetishmaydigan hududlar – Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha ravishda 100 so‘mdan to‘lash tajribasi qo‘llanmoqda.

Yig‘im-terimni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat otryadlar tashkil etildi. «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilgani ham mavsum yangiliklaridan biri bo‘ldi. «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratdi.

Bir so‘z bilan aytganda, dehqonu fermerlarimizning zalvorli mehnatlari evaziga yetishtirilgan "oq oltin”ni nest-nobud qilmasdan yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay saranjomlashda barcha imkoniyatlar to‘liq safarbar etilmoqda. Bu esa mamlakatimiz paxta xirmoni yuksak bo‘lishini ta’minlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha ravishda 100 so‘mdan pul to‘lanmoqda