Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasida shahar va qishloqlarimiz yanada chiroy ochib, zamonaviy turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari qad rostlamoqda. Aholi turmush farovonligi yuksalmoqda.

"Yuqori Avazboy" mahalla fuqarolar yig‘ini Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi obod maskanlardan. Bu yerda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan aholi mamnun. Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlar salmog‘i va sifatini yangi bosqichga ko‘tardi.

– Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, oilaviy biznes ko‘lamini kengaytirish, tomorqadan unumli foydalanish, parrandachilik, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ishlar samarasi bizning mahalla hayotida ham o‘z ifodasini topmoqda, – deydi “Yuqori Avazboy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Musajon Tursunov. – Sakkiz mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududimizda bu borada aniq tadbirlar belgilab olingan. Ayniqsa, tomorqachilik madaniyati yanada yuksaldi.

Darhaqiqat, ishbilarmonlik, oilaviy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar shaharu qishloqlarimiz, ko‘cha va mahallalarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish bilan birga, odamlarning dunyoqarashi, kayfiyati, maqsad, orzu va o‘ylariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu mahallada ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Keyingi paytlardagi targ‘ibot tadbirlari davomida 195 dan ziyod tadbirkorlik sub’ekti ro‘yxatga olinib, 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda zamonaviy va milliy me’morlik andozalarini o‘zida uyg‘unlashtirgan 3 choyxona, guzar va umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 2 go‘sht va xo‘jalik mollari, 3 milliy shirinliklar do‘koni ish boshladi. Zamonaviy sport majmuasi bunyod etildi. Pichoqchilar ko‘chasida yangi guzar qurilishi boshlandi. Bu yerda non va non mahsulotlari sexi, pichoqchilik, kosibchilik, tikuvchilik kabi hunarmandlik tarmoqlari yo‘lga qo‘yilib, 60 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan uch yil avval mazkur mahallada bor-yo‘g‘i to‘rt oila tomorqasida issiqxona bor edi. Bugunga kelib ularning soni 42 taga yetdi. Shu yilning o‘zida 8 oilaning har biriga issiqxona qurish uchun 7 million so‘mdan bank krediti berildi. Bodring, pomidor, limonchilikka asoslangan bu tarmoqlar tomorqadan uch-to‘rt marta hosil olish imkoniyatini bermoqda.

Mirishkor tomorqachi In’omjon Mahmudov mahalliy sharoitda mandarin yetishtirishga kirishgan. Shuningdek, parrandachilik yo‘nalishida ish boshlamoqchi bo‘lganlar 42 million so‘m, chorvachilik tarmog‘ini tashkil etish uchun 42 fuqaro 300 million so‘mga yaqin imtiyozli kredit oldi. Qo‘ni-qo‘shnilaridan o‘rnak olib, oilaviy tadbirkorlikka qo‘l urayotgan xotin-qizlar, yoshlar safi kengaymoqda. Qo‘li gul chevarlar tikuvchilik sexlari ochib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish barobarida o‘nlab mahalla yoshlariga hunar o‘rgatmoqda.

Yurtimizda yaratilayotgan turli imtiyoz va imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan xalqimiz dasturxoni to‘kin-sochin, mahalla esa kun sayin obod bo‘lmoqda. Aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan maishiy sharoitlar yaratilmoqda. "Yangi zamon" ko‘chasiga suv tarmog‘i tortilishi 42 xo‘jalikning ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash imkonini berdi. Navro‘z, Yoshlik, Pichoqchi ko‘chalarida ham 1,5 kilometr ichimlik suv quvuri tortilib, 1 kilometrga yaqin ichki yo‘llar asfaltlandi. Mahallaning faxri, belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni Bobur To‘xtasinov boshchilik qilayotgan sport to‘garagi yoshlar bilan gavjum.

Eng muhimi, hamjihatlikda ish olib borish qut-baraka va farovonlik asosi ekanini mahalla ahli yaxshi biladi. Shu bois ajrim, notinch oilalar, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, jinoyatchilik singari salbiy holatlar mahallada uchramaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamjihatlikda hikmat ko‘p