Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi «Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 1,5 ming gektardan ziyod maydonda intensiv usulda yong‘oqzor barpo etilmoqda.

Tabiiy iqlim sharoiti bog‘dorchilik uchun juda qulay bo‘lgan G‘allaorol tumani qishloqlarida bir necha asrlik yong‘oq daraxtlari ko‘p. Morguzar, Qo‘ytosh, G‘ubdin tog‘laridagi bu daraxtlarni mahalliy aholi juda qadrlaydi.

– Qishlog‘imizdagi deyarli barcha xonadonda hech bo‘lmasa bir tup yong‘oq daraxti bor, – deydi Uzunbuloq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Husan Alimov. – Yong‘oq katta xarajat, mehnat talab qilmasdan daromad keltiradigan daraxt. Biz ham hovlimizdagi 15 tup yong‘oq daraxtidan yiliga 300 kilogrammdan ortiq hosil olamiz. Daromad ham shunga yarasha.

Endi tuman hududida yong‘oqzorlar yanada ko‘payadigan bo‘ldi. Davlatimiz rahbari qarori asosida tumanda yong‘oq yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, tuman hokimligi qarori bilan 1,5 ming gektardan ziyod lalmi yer maydoni ajratilib, intensiv usulda yong‘oqzor tashkil etilayotir.

Ayni paytda intensiv yong‘oqzorlar barpo etish bo‘yicha ikkita loyihani hayotga tatbiq etish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Ushbu loyihalardan birini amalga oshirayotgan “Texno Medium” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlari 15 gektar maydonda intensiv yong‘oqzor barpo etdi.

– Mutaxassislarning tavsiyasi bilan oralig‘ini 8x4 metrdan qilib yong‘oqning “Ideal” navli ko‘chatini ekdik, – deydi korxona rahbari E.Eshmirzaev. – Ko‘chatlar uch yilda hosilga kiradi. Keyin hosildorlik yildan-yilga ortib boraveradi.

Bu yo‘nalishda ikkinchi yirik loyiha tumandagi “Car-Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilmoqda. Korxona tumanning tog‘oldi hududida 1,5 ming gektar maydonda yong‘oqzor barpo etayotir. Bu yerda M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot istitutining Jizzax viloyati ilmiy tajriba stansiyasi mutaxassislari tavsiyasi bilan serhosil, turli kasalliklarga chidamli ko‘chat navi o‘tqazildi.

Asosiy qismi lalmi yer maydonlari bo‘lgan tumanda bog‘dorchilikni rivojlantirish aholi farovonligini yuksaltirishning muhim yo‘nalishi sifatida amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda maxsus dastur asosida 2017-2018-yillarda bog‘dorchilik yo‘nalishida 175 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu loyihalarning 100 ga yaqini shu yilning o‘zida bajarilishi mo‘ljallanmoqda. Ushbu loyihalar asosida bog‘dorchilikning an’anaviy turlaridan tashqari yong‘oq, bodom, pista kabi qurg‘oqchilikka chidamli bog‘larni ko‘paytirish ustida ish olib borilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘allaorol tumanida yong‘oqzor barpo etilmoqda