Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tomonidan ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Beshariq tumanidagi “Shohrux bog‘bon” fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining 7,8 gektari olmazor bo‘lsa, 3 gektarida tokzor tashkil etilgan. Bu yil hosil har qachongidan mo‘l bo‘ldi. Olmaning hammasini mahalliy bozorda birvarakayiga sotishning iloji yo‘q, shuning uchun katta qismini zaxirada saqlash kerak bo‘ladi. 3 gektar yerdagi tokzorda ham hosil cho‘g‘i baland. Uzumni ham qishga asrash, kerak bo‘lsa, eksport qilish katta foyda keltiradi.

Ana shunday fikrlarni o‘ylab yurgan fermer yaqinda meva saqlaydigan 750 tonnalik sovutkichli omborxona qurdi. Omborxona Milliy bankning viloyat filialidan olingan 510 ming dollar miqdoridagi kredit mablag‘i hisobidan qurilib, zamonaviy xorij texnologiyalari bilan jihozlandi. Bu bilan 12 kishining bandligi ta’minlandi. Fermer qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini ham ishga tushirishni maqsad qilgan.

– Sovutkichli omborda 7 katta xona, jumladan, saralash va saqlash xonalari mavjud, – deydi omborxona rahbari Zaylobiddin Ismoilov. – Biz bu yil 300 tonna uzum, 200 tonna xurmo, olma, 250 tonna sabzini zaxiraga qo‘yamiz. Bu aholining meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, fermer xo‘jaligining eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer yangi tarmoqni ishga tushirdi