Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar dehqonning yerga munosabatini o‘zgartirib, mulkka egalik tuyg‘usini mustahkamlamoqda. Fermerlik harakatini yetakchi kuchga, yurtimiz obodligi, aholi farovonligi va oilalar ma’murchiligini ta’minlaydigan barqaror tarmoqqa aylantirmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojini yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida 9 ming 346 fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Ularning 2 ming 318 tasida meva-uzum, 40dan ortig‘ida sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtiriladi. 844 fermer chorvachilikni, 25 tasi parrandachilikni, 150 tasi baliqchilik va 20 ga yaqini asalarichilikni rivojlantirmoqda. 3 ming 543 fermer xo‘jaligi paxta va g‘alla parvarishlaydi.

Vohada 212 ming 787 gektar sug‘oriladigan yer maydoni yurtimiz obodligi, xalqimiz ma’murchiligini ta’minlayotgan fermerlar ixtiyoriga berilgan. Joriy yilda ular mavjud ekin maydonlarining 100 ming gektaridan ortig‘ida paxta parvarishlab, mo‘l hosil oldi.

Albatta, agrar tarmoqda mulkka, yerga yangicha munosabatni shakllantirish, ekin maydonlaridan unumli foydalanishning samarali tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligini serdaromad sohaga, fermerlik harakatini yetakchi kuchga aylantirish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bularning barchasi bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar, yer egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, qat’iyat va maqsad sari intilishning amaldagi samarasidir.

Sherobod tumanidagi “Shaymon bobo” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor Yo‘ldosh Shaymonov ham yaratilayotgan bunday imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanib, paxtachilikni rivojlantirmoqda. Ekin maydonlarining bir qismida g‘alla parvarishlab, dasturxonimiz ma’murchiligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotir. Olinayotgan daromad evaziga qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilmoqda. Qishloqda zamonaviy ixcham texnologiyalar bilan jihozlangan kichik korxona barpo etib, qishloq odamlari bandligini ta’minlashga ko‘maklashayotir. Bolalar sportini rivojlantirish, ta’lim muassasalari va ehtiyojmand oilalarga homiylik yordami ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda 80 gektar maydonda dehqonchilik qilgan fermer 50 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, 62 sentnerdan hosil ko‘tardi. 30 gektar maydonda “Buxoro-106” navli paxta yetishtirib, har gektar maydondan 38 sentnerdan sifatli xomashyo yig‘ib oldi.

1 (2).jpg

– Bolalikdan dalada mehnat qilib o‘sganmiz, – deydi tajribali fermer. – O‘quvchilik yillarimizda ham tongni tunga ulab, g‘o‘za qator oralarini chopiq qilganmiz, paxta terganmiz. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgach, xo‘jalikda brigadir, mexanik bo‘lib ishladim. Bo‘lim boshlig‘i bo‘ldim. Lekin o‘sha yillarda qishloq xo‘jaligida bunday erkinlik bo‘lmagan. Faqat yuqorining ko‘rsatmasi, buyrug‘i bilan ish yuritganmiz. Bugun vaziyat tubdan o‘zgargan. Katta ishonch bilan biz, fermerlarga yer-mulk topshirildi. Uni erkin tasarruf etish huquqi berildi. Bunday ishonch va imkoniyatdan samarali foydalanib, hosildorlikni yildan-yilga oshirishga harakat qilmoqdamiz.

Yo‘ldosh Shaymonovning fermer bo‘lib, mustaqil dehqqonchilik qilayotganiga 24 yil bo‘ldi. Dastlabki yillarda tumandagi mashina-traktor parki texnikalari yordamida yerni shudgor qildi. Urug‘ qadash, chopiq qilish yumushlarida ham ana shu korxona texnikasidan foydalandi. Yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar taqchilligiga duch keldi. Sho‘rlangan maydonlarda mo‘ljaldagi hosil to‘planmay qolgan yillar ham bo‘ldi.

– O‘sha yillarda Birinchi Prezidentimizning fermerlarni ham ma’naviy, ham moddiy qo‘llab-quvvatlab turgani mo‘jazgina xo‘jaligimizni rivojlantirish uchun katta ishonch uyg‘otgan, – deydi Y.Shaymonov. – Bu rag‘bat olayotgan daromadni puxta o‘ylab sarflashga, dehqonchilikda zarur texnikalarni xarid qilishga undagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlari ko‘rilganida bu ishonchim yana ham mustahkamlandi. Hozir xo‘jaligimizda 10 ga yaqin turli texnika bor. Yoqilg‘i-moylash materiallari ham, o‘g‘it bilan ta’minlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda g‘alladan 26 million so‘m, paxtadan qariyb 100 million so‘m sof daromad oldik.

Fermer hosildorlikni oshirish maqsadida paxtaning mahalliy iqlimga mos, erta pishar navlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Sho‘rlangan yerlarda g‘o‘za parvarishlashning hududga mos agrotexnikasini yaratdi. Buning uchun mavjud maydonlarni erta kuzda sifatli shudgorlashni joriy qildi. Qishning so‘nggi kunlarida yerni sug‘orib, obi-tobiga kelgach, erta bahordan chigit qaday boshladi. Undirib olingan g‘o‘za qator oralariga ko‘proq ishlov berib, ikki-uch marta sug‘orish chorasini ko‘rdi. Bu usul suvdan tejab foydalanish va sho‘rlangan maydonda hosildorlikni oshirishga xizmat qildi.

Fermerlik harakatini rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar samarasida “Shaymon bobo” ham iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘nglab oldi. O‘ttizdan ortiq ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalik Hakimobod mahallasidagi 20-umumta’lim maktabining bolalar sporti inshootini 15 million so‘m evaziga qayta ta’mirlab berdi. Kam ta’minlangan oilalarga homiylik yordami ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi. Olinayotgan daromadning bir qismini qishloqda ixcham korxona barpo etishga yo‘naltirdi. Hozir fermerning bitta sholini qayta ishlaydigan va bitta un tegirmoni mavjud. Joriy yilda olingan daromad hisobidan makaron mahsulotlari ishlab chiqaradigan va paxta titadigan mo‘jaz korxonalar bunyod etmoqda.

Sohadagi uzoq yillik samarali mehnati va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun fermer Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida yuksak davlat mukofoti – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” unvoni bilan taqdirlandi.

– Fermerlikdan baxt topdim, aslo kam bo‘lmadim, – deydi Y.Shaymonov. – Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Yangi uy-joy qurdim. To‘ylar qilayapman. O‘zimizda ishlab chiqarilgan “Kobalt” rusumli gijinglagan mashinam bor. Bu yil muqaddas haj safarini ado etish baxtiga muyassar bo‘ldim. Oilam tinch, farovon. Bularning barchasi mamlakatimizda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz tomonidan dehqonga ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik ifodasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fermer kam ta’minlangan oilalarga homiylik yordami ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi