Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida zotdor quyonlar yetishtirishga ixtisoslashgan «Bo'stonliq Protect Consumer» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshlashi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Yangi korxonani ochish tashabbuskori va ta’sischisi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasidir.

– Biz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda kichik biznes rivojlanishi, aholini sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov. – Birinchi bosqichda mazkur jamiyatda Italiyadan keltirilgan zotdor quyonlar parvarishlanadi. Ana shunda biz xo‘jaliklarga quyonlar, aholiga esa parhezbop go‘sht yetkazib berishni ko‘paytirishga erishamiz. Ikkinchi bosqichda ushbu jonivorlarning terisi qayta ishlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqariladi, 20 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

«Bo'stonliq Protect Consumer» mas’uliyati cheklangan jamiyatida sifatli parhez go‘sht ishlab chiqariladi. Italiyadan keltirilgan bu quyonlar besh yildan sakkiz yilgacha yashaydi. Ulardan bir yilda to‘rt martagacha nasl olish mumkin.

13.JPG

– Quyonchilik serdaromad soha ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik, – deydi federatsiyaning Samarqand viloyati hududiy birlashmasi raisi Inobat Hasanova. – Quyonlarga qanday ozuqa berish, qancha muddatda mahsulot tayyor bo‘lishi, bu mahsulotlarni eksport qilish kabi masalalar bilan tanishdik. Kelgusida bu tajribani ommalashtiramiz.

Ko‘rgazmali seminarda federatsiya tizimida keyingi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida 60 ish o‘rni yaratilgani, kelgusida bunday tashabbus yana davom ettirilishi qayd etildi. Bunga Parkent tumanidagi «Consumer protect», Qamashi tumanidagi «Hisor protect consumer» va Sariosiyo tumanidagi «Surxon protect consumer» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Ularda qoramol, zotdor qo‘y va echki parvarishlanmoqda.

Tadbirda mutaxassislar iste’molchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Federatsiya quyonchilik rivojiga hissa qo‘shayotir