O‘zA O`zbek

08.07.2019 15:33 Chop etish versiyasi

Eng arzon va eng qimmat mahsulotlar yurtimizdagi qaysi bozorlarda kuzatildi?

Eng arzon va eng qimmat mahsulotlar yurtimizdagi qaysi bozorlarda kuzatildi?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishda davom etadi.

MOL GO‘ShTI

28 000 so‘mdan - 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Navoiy shahridagi “Sahovat” MChJga tegishli dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 so‘m.

QO‘Y GO‘ShTI

32 000 so‘mdan - 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizning “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 40 000 dan 45 000 so‘mgacha.

TOVUQ GO‘ShTI

12 000 so‘mdan - 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori va Xorazm viloyati Urganch shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Samarqanddagi “Siyob” bozori va Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 so‘m.

GURUCh

4 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtimizning “Farhod” dehqon bozorida hamda Samarqand shahri “Siyob” bozorida qayd etilgan – 4 000 – 12 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 – 16 000 so‘m.

O‘SIMLIK YoG‘I

8000 so‘mdan - 13 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i Toshkentdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 000 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba“ dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.

UN

1 750 so‘mdan - 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Sirdaryo viloyati Guliston shahri markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlari hamda Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

ShAKAR

4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar, Jizzax shahri, Navoiy shahridagi “Sahovat” MChJga qarashli Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida va Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 so‘m.

TUXUM

350 so‘mdan - 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

KARTOShKA

1 000 so‘mdan - 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx respublikamizning qator bozorlarida 1 kilogramm kartoshkaning arzon narxi 1 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” va Guliston shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.

POMIDOR

1 500 so‘mdan - 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa poytaxtdagi “Chorsu” hamda “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 6 000 so‘mgacha.

XO‘JALIK SOVUNI

800 so‘mdan - 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.

Mazkur narxlar O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 2019 yil 7 iyul holatiga ko‘ra qayd etilgan.


O‘zA
572