Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning 2017-2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash, iste’molchilarga ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 22-iyundagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

“Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilib, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini uzluksiz qondirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan dastur asosida bajariladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi, – deydi “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ texnik direktori Shavkat Qalimbetov. – Unga ko‘ra, 1 ming 249 kilometrlik havo liniyalari, 370 transformator punktida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Joriy yilda 158 kilometr elektr tarmog‘ida modernizatsiya va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, 45 transformator punkti, 23 moyli o‘chirgich mukammal ta’mirlandi. 26 dona 6 kVt transformator kuchli quvvatga ega zamonaviylariga almashtirildi. Bu qish mavsumida elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlaydi.

Elektr energiyasiga bo‘lgan talab yildan-yilga sezilarli darajada ortib bormoqda. Birgina Nukus shahrida keyingi o‘n yilda 20 mingdan ziyod xonadon qo‘shildi, qanchadan-qancha xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo nuqtalari bunyod etildi.

– Ularni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 25 kilometrga havo liniyasi tortilib, 12 yangi transformator o‘rnatildi, – deydi Nukus shahar hokimi o‘rinbosari Islom O‘tegenov. – Qish mavsumida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi va ehtiyojini qondirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr energiyasida uzilish bo‘lmaydi