O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida rossiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida eksport-import aloqalari mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga bozor talablarini o‘rganish asosida o‘z mahsulot va xizmatlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ishonchli hamkorlar topishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

– Novosibirsk va Barnaulda yirik savdo maydonlari qurilmoqda, – deydi Rossiyaning Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kengashi rahbari Maksim Chereshnev. – O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi subyektlari ushbu maydonlardan joy egallashidan manfaatdormiz. Ularning savdo bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratib beriladi.

Uchrashuvda Toshkent, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardan kelgan eksportchi korxonalar vakillari qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Muzokaralar yakunida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan Rossiyaning Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kengashi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi