"O‘zstandart" agentligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish va sertifikatlashtirishning dolzarb masalalari» mavzuidagi davra suhbati tashkil etildi.

«O‘zstandart» agentligi bosh direktori A.Hayitov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qabul qilingan farmon va qarorlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishi yo‘lida keng imkoniyatlarni ochib berayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 21-iyundagi «Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1-iyulidan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini to‘lovni oldindan 100 foiz amalga oshirish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilish huquqi berildi.

– Ushbu qaror yurtimiz tadbirkorlariga juda katta imkoniyatlar yaratib berdi, – deydi «O‘zstandart» agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jamshid Mirsaidov. – Mazkur hujjat bilan bundan buyon sertifikatlash idoralari tomonidan ishlab chiqariladigan va chetdan olib kiriladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlari 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda rasmiylashtirilishi qat’iy belgilandi.

Davra suhbatida mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, eksport qiluvchi korxonalarda mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksport hajmi oshmoqda