2017-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining joriy yil 9 oyidagi ijrosini ko‘rib chiqdilar.

Dastavval siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, Qonunchilik palatasi sohaga oid qo‘mitasining majlislarida ushbu masalaning dastlabki muhokamalari o‘tkazilgan edi.

Majlisda ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko‘ra ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini bajara borib, iqtisodiyotning barqaror, yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi hamda o‘sishi ta’minlandi. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlari saqlab qolindi, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yanada mutanosib rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jadal jalb qilishga, eksport salohiyatini oshirishga, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida teng sharoitlar yaratilishiga imkon berdi.

Byudjetlararo munosabatlarning va soliqqa oid ma’muriyatchilikning zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Aholining real daromadlarini, hayot darajasi va sifatini oshirish, respublika byudjetidan moliyalashtirishga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini kuchaytirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishning barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash mamlakatimiz byudjet siyosatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Natijada hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlarining 503,8 milliard so‘m miqdoridagi yoki 2016-yilning 9 oyiga nisbatan 3,9 baravar ko‘p qo‘shimcha manbalari shakllantirildi.

Hisobot davrida Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlanib qoldi. Ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun xarajatlar umumiy hajmining 54,8 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi.

Deputatlar shuni alohida qayd etib o‘tdilarki, hisobot davrida ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, ta’lim jarayoni darajasi hamda sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirishga, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratildi. Xususan, xalq ta’limi muassasalarini saqlash va rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishga Davlat byudjetidan 11,5 trillion so‘mdan ortiq yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan umumiy mablag‘larning 59,5 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi.

Ma’lumki, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash tizimini sifatli isloh qilish jarayonida bevosita ishtirok etmoqda. Shu bois, deputatlar tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Sog‘liqni saqlash sohasidagi turli Davlat dasturlarini bajarishga doir chora-tadbirlar tufayli Davlat byudjetidan 5,2 trillion so‘m yoki ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan umumiy xarajatlarning 26,9 foizi miqdorida mablag‘ ajratilganligi ta’kidlandi. 2016-yilning hisobot davrida sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlar 4,2 trillion so‘mni yoki ijtimoiy sohadagi xarajatlarning 24 foizini tashkil etgan edi. Deputatlar tomonidan mamlakat rahbarining sog‘liqni saqlash sohasiga yuqori e’tibori tufayli aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash maqsadida barcha rejalashtirilgan tadbirlar o‘z vaqtida moliyalashtirilayotgani aytib o‘tildi.

Sohadagi mavjud muammolar kompleks tarzda yechib borilmoqda. Jumladan, bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun Davlat byudjetidan 275 milliard so‘m ajratildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 baravar ko‘pdir. Xususan, hisobot davrida dori-darmonlar uchun sarflangan xarajatlar o‘tgan moliyaviy yilning xuddi shu davriga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 1,5 baravar, Surxondaryo viloyatida esa 2,2 baravar oshdi. Deputatlar ta’kidlaganlaridek, asosiysi odamlar sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni his qilishlari lozim.

Keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sanatoriylar va internat uylari, kichik yoshdagi nogiron bolalar internat uylari, uy sharoitida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘linmalari uchun, shuningdek, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari uchun Davlat byudjetidan 125,7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromad qismi prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 103 foizdan ziyodga bajarilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjet mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirish, byudjet ijrosining markazga bog‘liqligini keskin kamaytirish jarayonlarini chuqurlashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash, mahalliy hokimliklarning mahalliy byudjetlarni shakllantirishda va mablag‘lardan samarali foydalanishda mas’uliyati va javobgarligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga deputatlar tomonidan mahalliy byudjetlarni to‘ldirish manbalarini kengaytirish yuzasidan mavjud imkoniyat va resurslarlarning to‘liq ishga solinmayotgani, xususan, respublikaning 17 ta tuman va shaharlarida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagani tanqid ostiga olindi.

Tez tibbiy yordam brigadalarining bir marta chaqirilishiga ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanmayotgani holatlari ham qayd etilib, deputatlarning fikricha, bu ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, xarid qilinayotgan tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar sifatining nomuvofiqligi hamda qishloq vrachlik punktlarida va oilaviy poliklinikalarda ularning yetishmasligi hollari mavjud.

Umuman olganda, majlis yakunlariga ko‘ra, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2017-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2017-yil to‘qqiz oyidagi ijrosini muhokama qildilar