Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 17:27 Chop etish versiyasi

Dalada bahor yumushlari

Dalada bahor yumushlari Namangan viloyati fermerlari chigit ekish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishdi.

Bu yil viloyatda 3 ming 865 fermer xo‘jaligi 78 ming 900 gektar maydonda go‘za parvarishlashni rejalashtirgan.

– Mavsumga puxta hozirlik ko‘rildi, – deydi Namangan viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi o‘rinbosari R.Abdurahmonov. – Mahalliy iqlim sharoitini inobatga olgan holda, g‘o‘zaning “Namangan-77”, “Andijon-35”, “Namangan-34”, “S-8286” navlari ekilmoqda.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
2 608






Все о погоде - Pogoda.uz