Chorvachilik bo‘yicha 127 loyiha amalga oshirildi
Mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, xususan, naslli qoramol zotlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, xususan, naslli qoramol zotlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Navoiy viloyatida nasldor chorva mollarini ko‘paytirish va mahsuldorlik sifatini oshirish, naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish maqsadida xorijdan zotli qoramollar keltirilmoqda. Xususan, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda 300 bosh qoramol xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Xorijdan keltirilgan naslli qoramollar parvarishi uchun fermer xo‘jaliklari zarur sharoit yaratib, zooveterinariya xizmatidan samarali foydalanmoqda.
– O‘tgan yili xorijdan 100 boshga yaqin zotli qoramol keltirildi, – deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasining chorvachilik sektori boshlig‘i Serik Janxo‘jayev. – Natijada viloyatda chorvachilik xo‘jaliklari soni yanada ortib, aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati kengaydi. O‘z navbatida chorva nasllari yaxshilanib, yangi xo‘jaliklarda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyatda joriy yilda chorvachilik bo‘yicha 127 loyihani amalga oshirish evaziga qoramollar sonini 3 ming boshga ko‘paytirish rejalashtirilgan edi. Ayni paytga qadar tashabbuskorlarning o‘z mablag‘idan tashqari tijorat banklarining 2 milliard 707 million so‘m krediti ko‘magida loyihalar to‘liq amalga oshirilib, 253 yangi ish o‘rni yaratildi. Eng muhimi, yil davomida qo‘shimcha ming tonna go‘sht va 600 ming litrga yaqin sut ishlab chiqarishga erishildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholining sifatli iste’mol mollariga bo‘lgan talabini qondirish, ichki bozorga arzon mahsulot yetkazib berishda yangidan tashkil etilayotgan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik xo‘jaliklarining o‘rni katta bo‘lmoqda. Shu maqsadda joriy yilda ham bozorni go‘sht, sut, tuxum, asal va baliq mahsulotlari bilan ta’minlashni sezilarli darajada ko‘paytirish, ularni qayta ishlashni kengaytirish borasida qator loyihalar amalga oshirildi. Xususan, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan 143 loyiha evaziga 273 kishi ishli bo‘ldi. Joriy yilda viloyatdagi naslli qoramol yetishtirishga ixtisoslashgan namunali fermer xo‘jaliklari tomonidan 278 bosh mahalliylashtirilgan zotli buzoq aholi va fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi.
Qiziltepa tumanidagi “Rasul bobo” naslchilik fermer xo‘jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Faoliyatining dastlabki yillarida xorijdan 10 bosh zotli qoramol xarid qilinib, aholi sifatli sut bilan ta’minlana boshlandi.

– Ayni paytda xo‘jaligimizda 450 bosh zotdor chorva parvarishlanmoqda, – deydi “Rasul bobo” naslchilik fermer xo‘jaligi rahbari Rustam Rajabov. – Joriy yilda Estoniyadan 65 bosh zotli qoramol keltirdik. Kuniga 1 ming 500 litr sut qayta ishlash korxonalariga yetkazib berilayotir. Bo‘rdoqichilik ortidan ham yaxshigina daromad olmoqdamiz. Masalan, yiliga o‘rtacha 50 tonna go‘sht bozor rastalariga chiqarilmoqda. Davlatimiz tomonidan naslchilik xo‘jaliklari uchun yaratilayotgan imtiyozlar faoliyatimizni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. 18 kishi mehnat qilayotgan xo‘jaligimiz tomonidan joriy yilda chorvachilik fermalariga 60 bosh zotli mol sotildi.
Viloyatda naslchilik ishlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qoramollar zotini yaxshilash, sun’iy urug‘lantirish, naslli chorvalarni ko‘paytirish maqsadida joriy yilda 99 ming 621 bosh sigir sun’iy urug‘lantirildi. Zooveterinariya punktlari tomonidan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari qaramog‘idagi chorva mollariga sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatilmoqda. Viloyatda 80 dan ortiq zooveterinariya punkti va 40 ga yaqin veterinariya dorixonasi faoliyat ko‘rsatayotgani chorvachilik xo‘jaliklari istiqboliga xizmat qilmoqda.
Viloyat dehqon bozorlarida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tomonidan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha epizootik barqarorlikni ta’minlashga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Laboratoriyalarning zamonaviy jihozlanib, mahsulotlarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida immuno-ferment tahlil usulidan keng foydalanilayotgani yanada samarali bo‘lmoqda.
Tumanlarda barcha sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan kushxonalar tashkil etish borasida ham izchil ishlar olib borildi. Ayni paytda barcha kushxonalarda tozalikka rioya qilish, bozorga faqat sifatli go‘sht mahsulotlari yetkazib berish qat’iy nazoratga olingan.