O‘zA O`zbek

05.07.2019 15:45 Chop etish versiyasi

“Chevrolet” O‘zbekistonni tark etadimi?

“Chevrolet” O‘zbekistonni tark etadimi?

3-4 iyul kunlari “O‘zavtosanoat” AK hamda “UzAuto Motors” AJ tomonidan media-tur tashkil etildi. Media-tur davomida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan yigirmaga yaqin OAV xodimlari ikki kun davomida Farg‘ona vodiysida joylashgan zavod va korxonalarda bo‘lib, O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalliylashtirish dasturining yaqin istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.

4Y2A0465.JPG

Media-turga Asakadagi “UzAuto Motors” zavodida tashkil etilgan matbuot anjumani yakun yasab berdi. Unda ishtirok etgan “UzAuto Motors” AJ bosh direktori v.v.b. Rustam Rajabov OAV xodimlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob qaytardi.

4Y2A0879.JPG

- So‘nggi yillarda General Motors kompaniyasi tomonidan bir qator avtozavodlar sotib yuborildi. Chunki oxirgi paytlarda GM kompaniyasi ancha zarar bilan ishlayotgandi. Moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida kompaniya xorijdagi zavodlarini sota boshladi. Jumladan, Malayziyadagi yirik zavod, shuningdek Yevropa davlatlari hududlaridagi zavodlarni ham sotdi. Natijada kompaniyaning iqtisodiy ahvoli ijobiy tomonga o‘zgardi. Ular o‘tgan yiliyoq “GM Uzbekistan”dagi aksiyalarini, yaxshi bilasiz zavodning 25 foiz aksiyasi GMga tegishli edi, shuni O‘zbekistonga sotishga qaror qildi. Bu nimani anglatadi, endilikda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida hech kimga qaram emas. 1 iyuldan esa “GM Uzbekistan” rasman “UzAuto Motors” AJga aylantirildi. Biroq, GM O‘zbekistonni tark etgani bilan bizdagi avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi General Motors kompaniyasi standartlari bo‘yicha davom ettirilaveradi. Ya’ni, ichki bozorga avtomobillar Chevrolet brendi bilan ishlab chiqarilishda davom etadi, ammo eksportga chiqarilayotgan mahsulotlar esa Ravon brendi ostida ishlab chiqariladi va o‘z egalariga yetkazib beriladi.

4Y2A0745.JPG

Ta’kidlash joiz, media-tur doirasida OAV xodimlari UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors zavodlariga safar qildi.

Tafsilotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

O‘zA
818